Kontent qismiga oʻtish

Mashq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mashq — biror faoliyatni puxta oʻzlashtirish yoki sifatini yaxshilash maqsadida uni kup marta takrorlash. M. taʼlimda koʻnikma va malakalar hosil qilishda muhim oʻrin tutadi. M.ning samarali boʻlishi uchun unga ongli ravishda yondashish, shu jarayonni bajarishda mavjud sharoitni hisobga olish, yoʻl qoʻyilgan xato, kamchiliklarni anglash va ularni tuzatish yoʻllarini’bilish kerak. Bunda oddiy harakatdan astasekin murakkab harakatni bajarishga oʻtish, takrorlash vaqtlarini toʻgʻri taqsimlashning ahamiyati katta. M.da takrorlashlar orasidagi vaqt kishini charchatadigan darajada qisqa boʻlmasligi va aksincha, juda uzoq ham boʻlmasligi kerak. M.lar, odatda, maktabda har bir oʻquv fanida, sinfdan va maktabdan tashqi ishlarda oʻtkaziladi. Maktabda M.lar oʻquvchilarni mu-staqil ishlashga, ijodiy qobiliyatlarini oʻstirishga yordam beradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil