Mashina vaqti
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mashina vaqti — mashina [agregat, apparat, stanok, transport vositasi, EHM (kompyuter)] yordamida mehnat predmeti yoki axborotning shakli, holati yoki hajmi oʻzgarishini amalga oshirish yoki transport vositasining muayyan yoʻlni bosib oʻtishi uchun bevosita ketgan vaqt. "Mashina vaqti" tushunchasi, odatda, mashinadan foydalanish va texnologiyani joriy qilish samaradorligini tahlil qilishda, mehnatni meʼyorlashda qoʻllanadi. Mashina vaqti mi-nutlar va baʼzan soatlarda oʻlchanadi, hisoblagichlar, xronometraj va fotografiya yordamida tanlama usulda hisobga olinadi. Mashina vaqti texnologik jarayonning turiga, xom ashyo va materiallarning sifatiga, mashinaning xiliga, mehnatning mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi darajasiga, transport vositalari uchun yoʻlning sifati va boshqa omillarga bogʻliq boʻladi. Ishlab chikarish jarayonlarini jadallashtirish, ilgor texnikani joriy qilish, ishlab chiqarishda fantexnika yutuklaridan foydalanish va boshqa tadbirlar natijasida ayrim opera-siyalarni bajarish uchun sarflanadigan Mashina vaqti qisqaradi. Yordamchi jarayonlarni qisqartirish hisobiga mashinaning umumiy ish balansida Mashina vaqti ulushini oshirish mumkin.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |