Mashhura Egamovna Mavloniy
Mavloniy Mashhura Egamovna (1934.4.12, Toshkent) — mikrobiolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), biologiya fanlari doktori (1971). Toshkent politexnika institutining kimyotexnologiya fakultetini tugatgan (1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti ilmiy xodimi (1960—61), katta ilmiy xodimi (1962—65), 1965-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya boʻlimi (1977-yildan instituti)da sanoat mikrobiologiyasi laboratoriya mudiri. Oʻzbekistonda sanoat mikrobiologiyasi asoschisi. M. Oʻrta Osiyoda ilk bor sanoat mikroorganizmlari kolleksiyasini yaratdi. Zararkunanda mikroorganizmlarga qarshi kurash usullarini ishlab chiqdi. Sporasiz zamburugʻlar tasnifining yangi sxemasini tuzdi. Gamma va lazer nurlari taʼsirida sanoat uchun muhim boʻlgan faol mutantlar topdi va amaliyotga tatbiq etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Proizvodstvo kormovogo belka v Oʻzbekistane, T., 1988; Mikrobialnaya porcha konservirovannix produktov i puti yeyo predotvrasheniya, T., 1990; Umumiy mikrobiologiya, T., 2003.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |