Masaru Ibuka
Masaru Ibuka ( 1908-yil 11-aprel - 1997-yil 19-dekabr) yaponiyalik elektronika muhandisi, Sony kompaniyasi asoschilaridan biri[1][2].
Masaru Ibuka | |
---|---|
Tavalludi | 1908-yil 11-aprel |
Vafoti | 1997-yil 19-dekabr |
Fuqaroligi | Yaponiya |
Kasbi | Muhandis |
Bolalari | 1 o'g'il 2 qiz |
Otasi | Tasuku Ibuka |
Yoshlik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masaru Ibuka 1908-yil 11-aprelda tavallud topgan. U Tasuku Ibukaning birinchi oʻgʻli edi[3].Ularning Yae Ibuka va Ibuka Kajinosuke bilan qarindoshlik aloqalari boʻlgan. Masaru ikki yoshida otasidan ayrilgan va bobosi qoʻliga oʻtgan[4]. Keyinchalik, onasi boshqa turmushga chiqqanidan keyin Kobega koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan. U Xyogo prefekturasidagi 1-Kobe oʻgʻil bolalar maktabi (hozirgi Xyogo prefekturasi Kobe oʻrta maktabi)da taʼlim olgan[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masaru 1933-yilda Vaseda universitetini[5] tugatgandan soʻng, kinofilmlarni qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi Foto-kimyoviy laboratoriyada ishlagan. Ikkinchi Jahon urushi boshlanganda esa, Yaponiya Imperatori dengiz flotida xizmat qilgan.U yerda u Imperator dengiz floti urush davri tadqiqot qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.1945-yil sentyabr oyida u dengiz flotini tark etgan va Tokioning Nihonboshi shahrida bombardimon qilingan Shirokiya doʻkonida radio taʼmirlash ustaxonasiga asos solgan[6][7].
1946-yilda urush davri tadqiqotchisi Akio Morita gazetada Ibukaning yangi tashabbusi haqidagi maqolani koʻrib, u bilan aloqa qila boshlaydi. Koʻp davom etmagan yozishmalardan soʻng Akio Morita Tokioda Ibuka bilan birga ishlashga kelishadi. Moritaning otasi tomonidan moliyalashtirilgan holda, ular 1958-yilda Sony korporatsiyasi nomi bilan mashhur boʻlgan Tokio Telekomunikatsiya Muhandisligi korporatsiyasiga asos solishadi[8][9]. Ibuka 1950-yillarda Bell Labsdan Sonyga tranzistor texnologiyasini olib kelishda muhim rol oʻynadi[10], shu tariqa Sony tranzistor texnologiyasini harbiy boʻlmagan maqsadlarda qoʻllagan birinchi kompaniyalardan biriga aylandi[11]. U shuningdek, 1967-yilda Sony kompaniyasining Trinitron rangli televizorini ishlab chiqqan tadqiqot guruhini boshqargan[12]. Ibuka 1950-yildan 1971-yilgacha Sony kompaniyasi prezidenti boʻlib ishlagan, 1971-yildan 1976-yil nafaqaga chiqqunga qadar Sony kompaniyasi raisi sifatida faoliyat yuritgan[12].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Orden va medallari:
[tahrir | manbasini tahrirlash]1960-yil Moviy lentali „Shon-sharaf“ medali
1978-yil "Muqaddas xazina " ordeni
1986-yil "Chiqayotgan quyosh " ordeni[1]
1986-yil Shvetsiyaning „Qutb yulduzi“ qirollik ordeni birinchi darajali qoʻmondon unvoni[1]
1989-yil „Madaniy xizmat koʻrsatgan shaxs“ unvoni
1992-yilda „Madaniyat“ ordeni
Ilmiy unvonlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibuka yana shuningdek, quyidagi ilmiy unvonlarni ham olgan:
1976-yil Tokiodagi Sofiya universiteti faxriy doktori unvoni
1979-yil Tokiodagi Vaseda universiteti faxriy doktori unvoni
1994-yil Braun universiteti (AQSh) faxriy doktori
1972-yil IEEE asoschilari medali[13]
1987-yil IEEE Masaru Ibuka Consumer Electronics mukofoti[14]
Ibuka Nippon skautlari milliy boshqaruv kengashi raisi boʻlib ham ishlagan. 1991-yilda Jahon Skaut Harakati Tashkiloti uni " Bronza boʻri " medali bilan taqdirlagan[15]. 1989-yilda u Yaponiya Skautlar Assotsiatsiyasining eng yuqori unvoni - „Oltin qirgʻovul“ mukofotini ham qoʻlga kiritgan.
Boshqa mukofotlar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]1964-yil Yaponiya elektrotexnika aloqasi muhandislari institutining “Buyuk xizmatlari uchun” mukofoti
1981-yil Aspen gumanistik tadqiqotlar institutining „Gumanizm va texnologiya“ mukofoti
1986-yil Germaniya Eduard Reyn jamgʻarmasining „Eduard Reyn Faxriy uzuk“ mukofoti
1989-yil Taʼlim vazirligi tomonidan „Madaniy xizmatlari uchun“ mukofoti
1991-yil Prezident mukofoti va Illinoys universiteti medali[16]
Ibuka, shuningdek, „Uchdan keyin kech“ (1971) kitobining muallifi boʻlib, unda u insonning eng muhim bilimlari tugʻilishdan 3 yoshgacha sodir boʻlishini taʼkidlaydi va bundan foydalanish yoʻllari va usullarini taklif qiladi. Kitobning soʻzboshi Inson salohiyatiga erishish institutlari asoschisi Glenn Doman tomonidan yozilgan[17].
Oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibuka 1997-yil 19-dekabrda 89 yoshida yurak yetishmovchiligi kasalligidan vafot etdi. Uning davomchisi sifatida bir oʻgʻil va ikki qizi qolgan[18].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Kirkup, James. "Obituary: Masaru Ibuka, " Independent (London). December 22, 1997.
- ↑ Fasol, Gerhard. "Electrical engineer and co-founder of SONY Obituary: Masaru Ibuka (1908—1997)" Nature (London). February 26, 1998.
- ↑ 3,0 3,1 Secret stories ⑭ muie louca KOBECCO (in Japanese)]
- ↑ Ibuka, Makoto. Chichi Ibuka Masaru. Goma Shobō, 1998. ISBN 4-341-33009-8. OCLC 44766021.
- ↑ Sony founder and Waseda alumnus Masaru Ibuka|Waseda University Archives
- ↑ „Sony Global – Sony History Chapter1 Rebuilding from the Ashes“.
- ↑ „Chronology – About Akio Morita – Akio Morita Library“.
- ↑ „World: Asia-Pacific Sony co-founder dies“. BBC (3-oktabr 1999-yil). Qaraldi: 27-may 2012-yil.
- ↑ „Sony Global – Sony History Chapter1 Rebuilding from the Ashes“ (inglizcha). www.sony.net. Qaraldi: 21-iyun 2017-yil.
- ↑ „Masaru Ibuka – Gold Mercury International“ (inglizcha). Gold Mercury International. 3-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2017-yil.
- ↑ „Masaru Ibuka“ (inglizcha). prezi.com. Qaraldi: 21-iyun 2017-yil.
- ↑ 12,0 12,1 Sterngold, James. „Masaru Ibuka, 89, Engineer And Sony Co-Founder, Dies“ (inglizcha). The New York Times (20-dekabr 1997-yil). Qaraldi: 13-fevral 2019-yil.
- ↑ „IEEE Founders Medal Recipients“. IEEE. Qaraldi: 3-aprel 2011-yil.
- ↑ „IEEE Masaru Ibuka Consumer Electronics Award“. IEEE. Qaraldi: 19-sentabr 2011-yil.
- ↑ „List of recipients of the Bronze Wolf Award“. scout.org. WOSM. 29-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-may 2019-yil.
- ↑ „President's Medallion – University of Illinois System“. 1-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-sentabr 2022-yil.
- ↑ Potential. „About The Institutes for the Achievement of Human Potential“ (inglizcha). IAHP. 2018-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Masaru Ibuka, co-founder of Sony Corp., dies at 89“.