Markaziy harbiy sport klubi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Markaziy harbiy sport klubi (MHSK) - OʻzR Mudofaa Vazirligining sport muassasasi, 1993-yilda tashkil etilgan. Qurolli kuchlar harbiy xizmatchilari hamda ularning oila aʼzolari oʻrtasida sportni ommaviylashtirish, yuqori mahoratli harbiy sportchilar tayyorlash vazifasini bajaradi. Shu maqsadda harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga chaqiriq yoshidagilar va oʻsmirlar oʻrtasida turli toifadagi musobaqalar, Qurolli kuchlar birinchiliklarini oʻtkazadi. MHSK Toshkentda 2 ta sport majmuiga ega. Markaziy stadioni 15 ming tomoshabinga moʻljallangan. Unda futbol va basketbol maydonlari, yengil atletika uchun yoʻlkalar, kurash va ogʻir atletika zallari, ochiq va yopiq basseyn bor, shuningdek, unga basketbol, 2 ta eshkak eshish bazasi qaraydi. Ikkinchi sport majmuida futbol maydoni, basseyn, yopiq va ochiq kort mavjud. MHS-Kda 16 ta sport turi (basketbol, boks, velosport, voleybol, dzyudo, yengil atletika, merganlik, ogʻir atletika, suv polosi, taekvondo, tennis, temperaturam-polin, futbol, erkin kurash, yunonrum kurashi, harbiytexnik turlar) boʻyicha mashgʻulotlar olib boriladi. Shugʻullanuvchilarga 28 nafar murabbiy boshchilik qiladi. Ulardan 8 nafariga "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi" faxriy unvoni berilgan. Boris Granatkin (boks), Hujat Tuhfatullin (velosport), Poʻlat Sharipov (ogʻir atletika) kabi taniqli murabbiylar harbiy sportchilar tayyorlashadi. MHSK vakillarining 44 nafari xalqaro toifadagi sport ustasi, 134 nafari sport ustasidir (2003). Harbiy sportchilardan 7 nafari "Oʻzbekiston iftixori", 4 nafari "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi" faxriy unvonlari bilan muko-fotlangan. MHSK bokschilaridan Rustam Saidov (2000, Sidney) va Karim Toʻlaganov (1996, Atlanta) olimpiada bronza medalini qoʻlga kiritgan. Yuriy Vitt (yunonrum kurashi), Sergey Voinov (yengil atletika), Fatma Galiullina (velosport), Dilshod Mansurov (erkin kurash), Kamol Murodov (kurash), Dilshod Oripov (yunonrum kurashi) jahon chempioni, Narimon Otayev (boks) esa jahon kubogi sohibidir. 11 nafar MHSK vakili Osiyo oʻyinlarida gʻolib chiqqan. Shuningdek, MHSK sportchilari Xalqaro harbiy sport kengashi (CISM) tasarrufida oʻtadigan jahon chempionatlarida sovrinlar olishgan. MHSK basketbol, suv polosi va futbol jamoalari mamlakat chempioni hisoblani-shadi, suv polosi jamoasi 2000-yilda Osiyo chempionlar kubogida 3-oʻrinni egallagan.
Asror Moʻminov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |