Kontent qismiga oʻtish

Marjan Xalmuratova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marjan Xalmuratova
Tavalludi 1939
Mo'ynoq tumani
Vafoti 2014
Olmaota
Kasbi Aktrisa
Mukofotlari „Doʻstlik“ ordeni

Marjan Xalmuratova - Qoraqalpogʻiston xalq artisti, „Doʻstlik“ ordeni sovrindori.

Tarjimai holi

Marjan Xalmuratova 1939-yili 15-iyulʼ kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasida Moʻynoq tumanida toʻgʻilgan. U yoshligidan boshlab sanʼatga qiziqishi baland boʻlgan. Maktabda oʻqib yurib maktab xavaskor toʻgaragida qatnashib, spektakllarda rollar oʻynab koʻzga tushgan.

Teatr

Uning sanʼatga qiziquvchiligi orqasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali teatri saxnasiga olib kelgan. 1958-yili ushbu teatrga aktrisa boʻlib ishga kiradi. M.Xalmuratova tabiyat inom etgan tugʻma talanti bilan umrin saxnaga bagʻishladi. M.Xalmuratova komik aktrisa sifatida xalqimiz mehrin qozandi.

Rollari

U „Suymaganga suykanma“de Gulsanem (S.Xojaniyazov), „Kuygelek kuzli yar“da Dilara (T.Seytjanov), „Jaylaoʻda toy“da Gulsanem (R.Eshimbetov, N.Eshmatov), „Qayin yene“de Afat (M.Shamxalov), „Kelinler qӯzgʻolangi“da Farmon bibi (S.Axmad), „Saq qargʻa sagʻagʻidan“da Netayxan (A. Qaxxar), „Jarali jurekler“de Zernegul (K.Raxmanov), „Jetinshi papam“da Qarshigʻa, „Sharʼyar“da Mastan (Q.Matmuratov), „Bes kunlik dunya“da Olmesek (Q.Matmuratov), „Palekning gardishi“da Ayjamal (B.Baymurzaev) va boshqa da koʻplagan spektakllarda rollar ijro etdi [1].

Mukofotlari

M.Xalmuratovaning madaniyat va teatr sanʼatiga qoʻshgan mehnatlari baholanib, 1977-yili "Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist, 1991-yili „Qoraqalpogʻiston xalq artisti“ unvoni bilan va 2001 yili „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlandi.

Manbalar