Mariya Shukshina
Mariya | |
---|---|
Tavalludi |
27-may Moskva |
Fuqaroligi | Rossiya Federatsiyasi |
Kasbi | Aktrisa |
Mariya Vasilevna Shukshina (1967-yil 27-mayda tugʻilgan, Moskva, SSSR) — sovet va rus aktrisasi, teleboshlovchi; Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (2008)[1]. Aktrisa Lidiya Fedoseyeva-Shukshina va aktyor, rejissyor, yozuvchi Vasiliy Shukshinning toʻngʻich qizi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 1967-yil 27-mayda Moskvada tugʻilgan. Olga Shukshinaning katta singlisi (1968-yilda tugʻilgan). Bundan tashqari, 1960-yilda tugʻilgan Anastasiya Vyacheslavovna Voronina-Fransisko ismli tugʻishgan opasi ham bor[2].
Bir yarim yoshida u „Birodar“ qissasida ("Gʻalati odamlar" filmi, 1969), 1972-yilda (singlisi Olga bilan birga) — Rastorguevlarning qizlari rollarida rol ijto qilgan. „Pechki-lavochki“ filmida, ikki yildan soʻng esa "Shahar ustidagi qushlar" filmida Masha (Vishnyakovaning qizi) rolini ijro qilgan (rej. S. Nikonenko, 1974). 1984-yilda Alekseevskaya metro bekati yaqinidagi 1531-sonli maktabni tamomlagan.
Chet tillar institutining tarjimonlik fakultetini tamomlagan[3].
1999-yil 12-oktyabrdan 2014-yil 19-dekabrgacha — Birinchi kanalda „Jdi menya“ telekoʻrsatuvining boshlovchisi bo'lgan. 2018-yil 21-yanvardan 3-iyungacha — xuddi shu telekanalda „V gosti po utram“ telekoʻrsatuvi boshlovchisi bo'lgan[4].
2020-yil 13-iyulda u Oʻrta Ural ayollar monastiri va sobiq shegumen Sergius (Romanov) haqidagi hujjatli filmlarini nashr etish uchun Youtube kanalini yaratdi[5].
Ingliz va ispan tillarida so'zlashadi.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tugʻishgan singlisi (onasi tomonidan) — Anastasiya Vyacheslavovna Voronina-Fransisko (1960-yilda tugʻilgan).
Opasi — Olga Shukshina (1968-yil 29-iyulda tugʻilgan).
Singlisi (otasi bir) — Shukshina Yekaterina Vasilevna (1965-yilda tugʻilgan).
Birinchi turmush oʻrtogʻi — Artyom Tregubenko, tarjimon. Qizi — Anna Tregubenko (1988-yil 2-iyulda tugʻilgan), VGIK ishlab chiqarish boʻlimida oʻqigan[6]. Nabirasi — Vyacheslav Tregubenko (2014-yil 21-noyabrda tugʻilgan).
Ikkinchi turmush oʻrtogʻi — tadbirkor Aleksey Kasatkin. Oʻgʻli — Makar Kasatkin (1997-yil 20-noyabrda tugʻilgan)[7]. Nabirasi — Mark (2018-yil 20-aprelda tugʻilgan).
Uchinchi turmush oʻrtogʻi — advokat va tadbirkor Boris Vishnyakov[8]. Egizak oʻgʻillari: Tomas va Foka (2005-yil 31-iyulda tugʻilgan).
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Fil’m nomi | Roli |
---|---|---|
1969 | Strannie lyudi (novella „Bratka“) | Mashenka |
1972 | Pechki-lavochki | doch Rastorguevix (net v titrax) |
1974 | Ptitsi nad gorodom | Masha, doch Vishnyakova |
1990 | Vechniy muj | Katerina Fedoseevna |
1995 | Amerikanskaya doch | Xelen Saymon, mama Enn |
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat mukofotlari:
- II darajali "Vatanga xizmatlari uchun" ordeni (2006-yil 27-noyabr) — milliy televideniye va radioeshittirishni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik samarali faoliyati uchun[9]
- „Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan artisti“ faxriy unvoni (2008-yil 14 iyul) — mahalliy kinoni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun[1]
- Rossiya Federatsiyasi Prezidentining faxriy yorligʻi (2017-yil 12-dekabr) — milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirishdagi xizmatlari, koʻp yillik samarali faoliyati uchun[10]
- I darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2020-yil 23-noyabr) — milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, koʻp yillik samarali faoliyati uchun[11]
Boshqa mukofotlari:
- Sankt-Peterburg hukumatining adabiyot, sanʼat va arxitektura sohasidagi 2009-yil uchun „Kino rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ mukofoti (2010-yil 17-iyun) — „Poxoronite menya za plintusom“ filmini yaratgani uchun[12]
- Nika (2010) — „Poxoronite menya za plintusom“ filmidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa roli uchun
- „Kemerovo viloyatining 75-yilligi“ yubiley medali (2018-yil 5-mart)[13]
- Figaro (2022) — „Sanʼat va hayotdagi haqiqat uchun“ nominatsiyasida[14]
Hujjatli Filmlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mariya Shukshina. "Menga otam haqida gapirib bering" („Birinchi kanal“, 2009)[15]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Д. Медведев. „Указ Президента Президента РФ от 14.07.2008 N 1084 О присвоении почётного звания «Заслуженный артист Российской Федерации» Шукшиной М.В.“. Kremlin.ru. Administratsiya Prezidenta Rossii 2017 god (2008-yil 14-iyul). Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.
- ↑ Белоусова А. „Интервью с Анастасией Ворониной-Франсишку“. segodnya.ua (2008-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 15-dekabr.
- ↑ Никита Ловчинский. „Мария Шукшина: «Мужчины ценят лишь деньги, секс и свободу»“. Setevoe izdanie „Rodgor.ru“. Izdatelskiy dom „Volgogradskaya Pravda“ (2015-yil 25-fevral). 2017-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.
- ↑ „«В гости по утрам». О проекте“ (ru). www.1tv.ru. Первый канал (2018-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
- ↑ Петлинова Н. „Мария Шукшина создала YouTube-канал, чтобы опубликовать фильм об экс-схиигумене Сергии“. 360° (2020-yil 13-iyul).
- ↑ Ткаченко Т. „Многодетные мамы нашего шоу-бизнеса“. story.com.ua (2010-yil 1-noyabr). 2013-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-avgust.
- ↑ „Публикация Мария Шукшина в Instagram • Ноя 20 2017 в 8:59 UTC“ (ru). Instagram. Qaraldi: 2017-yil 21-noyabr.
- ↑ „43-летняя актриса Мария Шукшина выйдет замуж в четвёртый раз?“. Бульвар Гордона, № 26(270). bulvar.com.ua (2010-yil 29-iyun). 2013-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-avgust.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 27.11.2006 г. № 1316“ (ru). Президент России. Qaraldi: 2020-yil 5-yanvar.
- ↑ Rasporyajenie Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 12 dekabrya 2017 goda № 428-rp „O pooщrenii“
- ↑ Ukaz Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 23 noyabrya 2020 goda № 732 „O nagrajdenii gosudarstvennimi nagradami Rossiyskoy Federatsii“
- ↑ „Постановление Правительства Санкт-Петербурга от 17 июня 2010 года № 792 «О присуждении премий Правительства Санкт-Петербурга в области литературы, искусства и архитектуры за 2009 год»“. 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-dekabr.
- ↑ „Надежда Бабкина в Instagram: «Гастроли по Сибири. «Калина Красная» в #Кемерово. Огромный успех! Спасибо за поддержку!»“ (ru). Instagram (2018-yil 9-may). Qaraldi: 2018-yil 19-may.
- ↑ „В Петербурге названы лауреаты российской актерской премии «Фигаро» имени Андрея Миронова“ (ru). tass.ru. ТАСС (2022-yil 8-mart). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
- ↑ „«Мария Шукшина. Расскажите мне о моём отце». Документальный фильм“ (ru). www.1tv.com. Первый канал (2009-yil 25-iyul). Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Информация об актрисе“. rusactors.ru (2007-yil 4-may). 2013-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-avgust.
- Mariya Shukshina (Video) // Tema, 1-y kanal Ostankino, 24.07.1992.
- „Мария Шукшина“. ruskino.ru. 2013-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-avgust.
- „Шукшина Мария“. Российские и советские актёры (2008-yil 12-sentyabr). 2008-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.