Mariusz Lewandowski
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mariusz Lewandowski[1] | ||
Tavallud sanasi | 18-may 1979-yil | ||
Tavallud joyi | Legnica, Polsha | ||
Boʻyi | 1.84 m | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi, yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Radomiak Radom (menejer) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Zagłębie Lubin | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996—1999 | Zagłębie Lubin | 37 | (0) |
2000—2001 | Dyskobolia Grodzisk | 40 | (2) |
2001—2010 | Shakhtar Donetsk | 174 | (21) |
2010—2013 | Sevastopol | 76 | (14) |
Milliy terma jamoa | |||
2002—2013 | Polsha | 66 | (5) |
Boshqargan klublari | |||
2017—2018 | Zagłębie Lubin | ||
2020—2021 | Bruk-Bet Termalica | ||
2022— | Radomiak Radom | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Mariusz Lewandowski (polyakcha talaffuzi: [ˈmarjuʂ lɛvanˈdɔfski], Mariush Levandovski; 1979-yil 18-mayda tugʻilgan) — polshalik futbol menejeri va sobiq futbolchi. Hozirda u Polshaning Ekstraklasa jamoasi Radomiak Radomni boshqaradi[2].
Lewandowski asosan markaziy himoyachi sifatida oʻynar edi va u yarim himoyachi boʻlib ham oʻynashi mumkin. Lewandowski klubdagi faoliyatining koʻp qismini Ukrainaning Shakhtar Donetsk jamoasida oʻtkazdi va u bilan UEFA kubogi, besh marta Ukraina Premyer ligasi gʻalabasini qoʻlga kiritdi hamda 3 marta Ukraina kubogi sohibi boʻldi. 2009-yilda u Polshada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Legnica shahrida tugʻilgan Lewandowski faoliyatini 1996-yilda Polshaning Zaglebie Lubin klubida boshlagan.
Dyskoboliya Grodzisk klubi oʻyinlarida qisqa vaqt ishtirok etgach, uni 2001-yilda Ukraina Premyer ligasining Shakhtar Donetsk klubi sotib oldi. Toʻqqiz mavsum davomida Lewandowski Donetskdagi faoliyati davomida 5 marta Ukraina chempionati chempionligini va 3 marta Ukraina kubogini qoʻlga kiritgan jamoaning ajralmas qismi boʻldi. 2009-yil 20-mayda u UEFA kubogi finalida Werder Bremenga qarshi oʻynadi va Shakhtar Donetsk kubokni qoʻlga kiritdi[3].
2010-yil iyul oyida Lewandowski Ukraina Premyer ligasi jamoasi PFC Sevastopol bilan shartnoma imzoladi[4]. 2013-yilning 27-noyabrida u Qrim klubini tark etdi.
2014-yil 24-sentyabrda 10 oy davomida erkin agent sifatida qolganidan soʻng, Lewandowski faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lewandowski Polshaning 2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionati oʻyinlarida ishtirok etish uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibida boʻlgan[5]. U Euro 2008da ham Polsha terma jamoasi aʼzosi edi[6].
Franciszhek Smuda 2009-yilda terma jamoani qabul qilib olganidan soʻng, Lewandowski Polshada oʻynashni toʻxtatdi.
Biroq, u Waldemar Fornalik tomonidan 2013-yil oktyabr oyida Ukraina[7] va Angliyaga qarshi oʻyinlar uchun Jahon chempionati saralash bosqichi uchun chaqirilgan edi[8].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Super kubok | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Zagłębie | 1996—1997 | 2 | 0 | - | - | - | - | - | - | 2 | 0 |
1997—1998 | 11 | 0 | - | - | - | - | - | - | 11 | 0 | |
1998—1999 | 21 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | - | 22 | 0 | |
1999—2000 | 3 | 0 | 1 | 0 | - | - | - | - | 4 | 0 | |
Jami | 37 | 0 | 2 | 0 | - | - | - | - | 39 | 0 | |
Dyskobolia | 1999—2000 | 14 | 0 | - | - | - | - | - | - | 14 | 0 |
2000—2001 | 26 | 2 | 2 | 0 | - | - | - | - | 28 | 2 | |
2001—2002 | - | - | - | - | 2 | 0 | - | - | 2 | 0 | |
Jami | 40 | 2 | 2 | 0 | 2 | 0 | - | - | 44 | 2 | |
Shakhtar | 2001—2002 | 11 | 1 | 5 | 1 | 2 | 0 | - | - | 18 | 2 |
2002—2003 | 24 | 4 | 6 | 1 | 4 | 1 | - | - | 34 | 6 | |
2003—2004 | 27 | 5 | 6 | 1 | 6 | 1 | - | - | 39 | 7 | |
2004—2005 | 25 | 2 | 8 | 2 | 12 | 0 | - | - | 45 | 4 | |
2005—2006 | 21 | 1 | 2 | 0 | 8 | 0 | 1 | 0 | 32 | 1 | |
2006—2007 | 18 | 4 | 4 | 0 | 7 | 0 | - | - | 29 | 4 | |
2007—2008 | 18 | 1 | 2 | 1 | 9 | 0 | - | - | 29 | 2 | |
2008—2009 | 16 | 1 | 4 | 1 | 10 | 0 | - | - | 30 | 2 | |
2009—2010 | 14 | 2 | 1 | 0 | 4 | 0 | - | - | 19 | 2 | |
Jami | 174 | 21 | 38 | 7 | 62 | 2 | 1 | 0 | 275 | 30 | |
Sevastopol | 2010—2011 | 25 | 6 | - | - | - | - | - | - | 25 | 6 |
2011—2012 | 7 | 2 | - | - | - | - | - | - | 7 | 2 | |
2012—2013 | 28 | 4 | 5 | 0 | - | - | - | - | 33 | 4 | |
2013—2014 | 16 | 2 | 0 | 0 | - | - | - | - | 16 | 2 | |
Jami | 76 | 14 | 5 | 0 | - | - | - | - | 81 | 14 | |
Faoliyati jami | 327 | 37 | 47 | 7 | 64 | 2 | 1 | 0 | 439 | 46 |
Xalqaro gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2005-yil 16-noyabr | Ostrowiec Świętokrzyski, Polsha | Estoniya | 3-1 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2. | 2007-yil 8-sentyabr | Lissabon, Portugaliya | Portugaliya | 2-2 | Durang | UEFA Euro 2008 saralashi |
3. | 2008-yil 6-fevral | Pafos, Kipr | Chexiya | 2-0 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
4. | 2008-yil 19-noyabr | Dublin, Irlandiya Respublikasi | Irlandiya | 3-2 | Gʻalaba | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
5. | 2009-yil 1-aprel | Kelse, Polsha | San Marino | 10-0 | Gʻalaba | 2010 FIFA Jahon chempionati saralashi (UEFA) |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shakhtar Donetsk[9]
- UEFA kubogi: 2008—2009
- Ukraina Premyer ligasi: 2001—2002, 2004—2005, 2005—2006, 2007—2008, 2009—2010
- Ukraina kubogi: 2001—2002, 2003—2004, 2007—2008
- Ukraina Super kubogi: 2005, 2008, 2010
Individual
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shakhtar Donetsk XI
- Polshaning eng yaxshi futbolchisi: 2009[10]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Poland“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mariusz Lewandowski nowym trenerem Radomiaka!“ (pl). Radomiak Radom (2022-yil 25-aprel). Qaraldi: 2022-yil 25-aprel.
- ↑ „Shakhtar Donetsk 2 Werder Bremen 1: Match report“. The Guardian (2009-yil 20-may). Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
- ↑ „Lewandowski zmienia klub“ (pl). Onet Sport (2010-yil 27-iyul). Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
- ↑ „Poland“. FIFA. 2015-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
- ↑ „Poland squad for Euro 2008“. The Guardian (2008-yil 28-may). Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
- ↑ „Ukraine - Poland“. FIFA (2013-yil 11-oktyabr). 2014-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
- ↑ „Steven Gerrard goal against Poland ensures England will go to World Cup“. The Guardian (2013-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
- ↑ „M. Lewandowski“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 3-iyun.
- ↑ „Player of the year » Poland“. World Football. Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.