Marija Gimbutas
Marija Gimbutas | |
---|---|
Gimbutas. Germaniyada. 1993-yil | |
Tavalludi |
Marija Birutė Alseikaitė 23-yanvar 1921-yil |
Vafoti |
2-fevral 1994-yil (73 yoshda) |
Fuqaroligi | Litva, AQSh, Polsha va SSSR |
Otasi | Danielius Alseika |
Onasi | Veronika Alseikienė |
Marija Gimbutas (litvacha: Marija Birutė Alseikaitė-Gimbutienė, talaffuzi ['ɡɪmbutas], tavalludi 23-yanvar 1921-yil) – litvalik arxeolog va antropolog. Neolit davri madaniyati, Eski Yevropa hamda Bronzeolit madaniyati boʻyicha olib borgan tadqiqotlari bilan mashhur.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligi
Marija Gimbutas Veronika Janulaitytė-Alseikienė va Danielius Alseikaning farzandi, Markaziy Litva Respublikasining poytaxti Vilnyusda tugʻilgan. Ota-onasi Litvalik ziyolilar boʻlgan[1].
Marijaning otasi 1920-yilda Tartu universitetida tibbiyot ilmiy nomzodligini, onasi 1908-yilda Berlin universitetida oftalmologiya boʻyicha doktorlik darajasini olgan. 1918-yilda Litva mustaqillikka erishgach, uning ota-onasi birinchilardan boʻlib Poytaxtda Litva sanitariya shifoxonasi uyushmasini tashkil qilgan[1].
Bu davrda Gimbutasning otasi Vilniaus žodis, Vilniaus šviesa kabi jurnallarda noshir lavozimida ishlagan. Polsha-Litva urushida Litva mustaqilligi tarafdori boʻlgan[2]. Gimbutasning ota-onasi Litva anʼanaviy xalq sanʼati bilan ham shugʻullangan, uylarida zamonaviy yozuvchilar, musiqachilar, asar mualliflari bilan suhbatlar oʻtkazishgan. Vydūnas, Juozas Tumas-Vaižgantas, Jonas Basanavičius shular jumlasidan. Ularning madaniy bilimlari toʻgʻrisida Gimbutas shunday degan[3]:
Men ota-onam sababli Vydūnas, Tumas-Vaižgantas, Basanavičius kabi sanʼatkor, yozuvchilar bilan tanishishga muvaffaq boʻldim. Toʻrt-besh yoshlarimdanoq Basanavičiusning kurslarida qatnashardim, keyinchalik ham hayotim davomida undan toʻplagan folklorlarni unutmadim, ular men uchun muhim edi[4].
1931-yilda Gimbutas ota-onasi bilan Litvaning vaqtinchalik poytaxti boʻlgan Kaunasga koʻchib oʻtdi. Ota-onasi oʻsha yili ajrashib ketishib, onasi va akasi Vytautas bilan Kaunasda qoldi. Besh yildan soʻng otasi toʻsatdan vafot etadi va oʻlim toʻshagida unga Gimbutas olim boʻlish uchun oʻqishga vada beradi[5].
Chet eldagi hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1941-yilda Gimbutas meʼmor Jurgis bilan turmush qurdi. Ikkinchi jahon urushi davrlarida uning hayoti sovet, soʻngra nemislar istilosida kechdi[6].
1942-yili birinchi qiz farzandi Danutė tugʻiladi. Bir yil oʻtgach, sovet armiyasi hujumi ostida qolgan hududlardan Germaniya nazoratidagi joylarga, Vena, Insbruk, Bavariya shaharlariga koʻchib yashaydi[7].
Keyingi yillarda Tübingenda postdoktorlik stipendiyasini yoqlashda ikkinchi qizi Živilėni dunyoga keltiradi. 1950-yillarda oilasi bilan AQShga koʻchib oʻtishadi va u yerda akademik martabaga ega boʻladi[8].
1954-yilda uchinchi qizi Rasa Bostonda dunyoga keladi.
1994-yil Gimbutas 73 yoshida Los-Anjelesda vafot etadi. Kaunasdagi Petrašiūnai qabristonida dafn qilinadi.
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taʼlimi
1936-yildan boshlab Gimbutas anʼanaviy folklori ekspeditsiyalarida qatnashib boshladi. Litva marosimlari va eʼtiqodlarini oʻrgandi. 1938-yil Kaunasdagi Aušra gimnaziyasini tugatdi. Undan soʻng, Vytautas Magnus universiteti filologiya fakultetiga oʻqishga kirdi. Keyinchalik, Vilnius universitetida arxeologiya, tilshunoslik, etnologiya, adabiyotdan aspirantura boʻyicha bilim oldi. 1942-yilda „Temir davrida Litvada dafn etish usullari“ mavzusida magistrlik dissertatsiyasini yoqladi[9]. 1942-yilda Vilnius universitetida sanʼat magistri darajasini oldi. 1946-yilda Tübingen universitetida arxeologiya, etnologiya, din tarixi sohalarida doktorlik darajasiga erishdi[10].
1947—1949-yillarda Geydelberg va Myunxen universitetlarida aspirant sifatida ishlagan.
1950-yilda Garvard universitetiga Sharqiy Yevropa arxeologik matnlarini tarjima qilish bilan shugʻullandi. 1955-yilda Garvardning Peabodi muzeyi aʼzosi boʻlgan. 1965-yilda Eski dunyo arxeologiyasida kurator boʻlib ishlagan[11]. 1993-yilda Magnus universitetida faxriy doktorlik unvoniga sazovor boʻldi.
Hissasi
Gimbutas oʻzining uchta ingliz tilidagi kitobi bilan mashhurlikka erishdi. Ular: „The Goddesses and Gods of Old Europe“ (1974), „The Language of the Goddess“ (1989), „The Civilization of the Goddess“ (1991). Ularda neolit davrida Yevropa madaniyati haqida, jumladan, ijtimoiy hayoti, sanʼat, din, tabiat haqidagi xulosalarini kiritgan[12].
Xotirasi
Joseph Campbell hamda Ashley Montagu Gimbutas izlanishlarini Misr ierogriflarini ochishda rosetta toshining tarixiy oʻrni bilan solishtirgan[13]. Campbell vafotidan oldin Gimbutasning „Language of the Goddess“ asariga soʻzboshi sifatida „Masks of God“ asarini yozgan[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Ware & Braukman 2004“. Qaraldi: 234-bet.
- ↑ „Marler 1998“. Qaraldi: 115-bet.
- ↑ „Marler 1998“. Qaraldi: 115-bet.
- ↑ „Marler 1998“. Qaraldi: 116-bet.
- ↑ „Marler 1998“. Qaraldi: 9-bet.
- ↑ „Ware & Braukman 2004“.
- ↑ „Marler 1998“. Qaraldi: 118-bet.
- ↑ „Ware & Braukman 2004“. Qaraldi: 235-bet.
- ↑ „Marler 1998“. Qaraldi: 114-bet.
- ↑ „Ware & Braukman 2004“. Qaraldi: 235-bet.
- ↑ „1 [permanent dead link] "Women in Old World Archaeology“]. Qaraldi: 2018-yil 7-avgust.
- ↑ . "Old Europe: Sacred Matriarchy or Complementary Opposition?". ISBN 9789060322888.
- ↑ Peter Steinfels „Idyllic Theory Of Goddesses Creates Storm“. NY Times. Qaraldi: 1990-yil 13-fevral.
- ↑ . "Anatomy of a Backlash: Concerning the Work of Marija Gimbutas". ISBN 2162-6871.