Mari Kalkun
Mari Kalkun | |
---|---|
Tavalludi |
1-aprel 1986-yil Võru, Estoniya |
Janrlar | folklyor musiqa |
Fuqaroligi | Estoniya |
Veb-sayt | Rasmiy sayti |
Mari Kalkun (1986-yil 1-aprelda tugʻilgan)[1] — Estoniya zamonaviy-folklyor musiqachisi. 2007-yildan beri bir nechta qoʻshiqlarni chiqargan Runorum ansambli bilan mamlakatda va chet elda namoyish etgan. 2013-yilda Estoniyaning Ethno Music Awards tanlovida eng yaxshi qoʻshiqchi deb topilgan[2]. 2018-yilgi Ilmamõtsan albumi Estoniya anʼanaviy xalq musiqasi, ayniqsa, Janubi-Sharqiy Estoniyadagi Kalkunning Võru qishloqlaridan ilhomlangan qoʻshiqlardan iborat[3][4][5].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mari Kalkun 1986-yil 1-aprel kuni tugʻilgan. Estoniyaning janubi-sharqidagi Võru tumanida katta boʻlgan. Bolaligidan atrofdagi oʻrmonlar, qushlar va bogʻlardan ilhomlangan[6]. Qarindoshi musiqachi va folklorist Andreas Kalkun bilan ham hamkorlik qilgan[7].
Birinchi navbatda Viljandi madaniyat akademiyasi madaniy menejment yoʻnalishini oʻqigan[8], keyin Estoniya musiqa va teatr akademiyasida musiqa yoʻnlaishida taʼlim olgan. Finlandiyaning Helsinki shahridagi Sibelius akademiyasida almashinuv dasturida anʼanaviy qoʻshiqchilik sohasinni magistrlik darajasi bilan bitirgan[9]. Folklyor musiqasini jazz bilan uygʻunlashtirib, oʻz uslubini rivojlantirgan[10].
Kalkun nafaqat qoʻshiq kuylaydi, balki musiqasini ham yaratib, Estoniya sitari, pianino, akordeon va gitara kabi bir nechta asboblarni chala oladi. 2007-yilda oʻzining birinchi yakkaxon albomi Üü tulõk ni chiqargan. Muvaffaqiyati tufayli Fransiya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya va Rossiyada konsertlariga taklif etilgan. 2009-yilda Yaponiyada estoniyalik sanʼatkor Pastacas bilan birga duet ijro etgan[11].
Keyingi albomlari orasida Dear Rain (2010), Tii ilo (2015) oʻzining finn bandasi Runorum va ona Võru dialektidagi Upa-upa ubinakõnõ (2015) kabilari mavjud[12]. Ilmamõtsan 2017-yil noyabr oyida chiqarilgan. 12 ta eston va võru tillarida yozilgan qoʻshiqlardan iborat boʻlib, ularning aksariyati mahalliy shoirlardan ilhomlangan holda yozilgan[13].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Mari Kalkun“. BBC. Qaraldi: 2019-yil 9-may.
- ↑ „Mari Kalkun“. Nordic Notes. Qaraldi: 2019-yil 9-may.
- ↑ Friedrich, Grit. „Filigrane Klangwelten aus Estland“ (German). Deutschlandfunk (2019-yil 4-aprel). Qaraldi: 2019-yil 9-may.
- ↑ Spencer, Neil. „Mari Kalkun: Ilmamõtsan review – mesmerising Estonian forest folk“. The Guardian (2018-yil 24-iyun). Qaraldi: 2019-yil 9-may.
- ↑ Harness, Greg. „Mari Kalkun: Ilmamõtsan“. RootsWorld (2018). Qaraldi: 2019-yil 9-may.
- ↑ Friedrich, Grit. „Filigrane Klangwelten aus Estland“ (German). Deutschlandfunk (2019-yil 4-aprel). Qaraldi: 2019-yil 9-may.
- ↑ „Mari Kalkuni uus sooloplaat "Ilmamõtsan" muugib lahti metsa ja maailma“ (et). Võrumaa arenduskeskus (2017-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 28-yanvar.
- ↑ Koppinen. „Viljandista on kehittynyt Viron oma Kaustinen, jonka leppoisilla kansanmusiikkifestivaaleilla presidenttikin äityy leikkimään kuurupiiloa“ (fi). Helsingin Sanomat (2019-yil 29-iyul). Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
- ↑ „Mari Kalkun – "La musica ereditata dalla tradizione degli antenati è la storia che coesiste con la terra e la natura, parla al suono della mente, dell’anima."“ (it-IT). Musicaest (2018-yil 19-oktyabr). 2022-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-iyul.
- ↑ Rooste, Jürgen. „Rändlaulik Mari Kalkun - andekas nagu kurat (8)“ (Estonian). Maaleht (2013-yil 7-aprel). Qaraldi: 2019-yil 9-may.
- ↑ Rooste, Jürgen. „Rändlaulik Mari Kalkun - andekas nagu kurat (8)“ (Estonian). Maaleht (2013-yil 7-aprel). Qaraldi: 2019-yil 9-may.
- ↑ „Mari Kalkun“. Nordic Notes. Qaraldi: 2019-yil 9-may.
- ↑ „Mari Kalkun“ (Estonian). Allstarz.ee. Qaraldi: 2019-yil 9-may.