Marcia Brown
Marcia Brown | |
---|---|
Tavalludi |
13-iyul 1918-yil Rochester, Nyu York, AQSH |
Vafoti |
18-aprel 2015-yil (96 yoshda) Laguna Hills, Kaliforniya, AQSH |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | Bolalar yozuvchi |
Marcia Joan Brown (1918-yil 13-iyul – 2015-yil 28-aprel) amerikalik yozuvchi boʻlib, 30 dan ortiq bolalar kitoblarining yozuvchisi hisoblanadi.[1] U Amerika Kutubxonalar Assotsiatsiyasining uchta yillik Kaldekott medali sovrindori boʻlib, yilning eng yaxshi rasmli kitobi illustratsiyasiga,[2] va 1992-yilda bolalar adabiyotiga qoʻshgan hissasi uchun ALA Laura Ingalls Wilder medalini qoʻlga kiritdi.[3] Uning koʻpgina asarlari Afrikalik, Nemis, Yapon, Ispan va Xosa-Bantu kabi nashrlari tarjima qilingan. Brown bolalar adabiyotidagi eng sharafli rassomlardan biri sifatida tanilgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Brown 1918-yil 13-iyulda Nyu-Yorkning Rochester shahrida tugʻilgan. U Nyu-York shtat o'qituvchilar kolleji yaʼni avvalgi Olbani universitetiga oʻqishga kirdi. U Nyu-York shahridagi Kornuoll oʻrta maktabida dars bergan. Kryinchalik u Nyu-York jamoat kutubxonasining markaziy bolalar xonasida ishlash uchun dars berishni tark etdi.[4] Uning birinchi kitobi „Kichik karusel“ boʻlib, u 1946-yilda Scribner's tomonidan nashr etilgan 32 betlik rasmli kitob boʻlgan.[5]
Brown oʻzining muharriri boʻlgan hamrohi Janet Loranjer bilan birga yashagan.[6] Brown 2015-yil 28-aprelda Kaliforniyaning Laguna Hills shahrida vafot etgan.[7]
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolalar yozuvchisi sifatidagi hissasi uchun Brown 1966 va 1976-yillarda bolalar kitoblari ijodkorlari uchun mavjud boʻlgan eng yuqori xalqaro eʼtirof boʻlmish xalqaro Hans Christian Andersen mukofoti uchun AQSH nomzodi boʻlgan.[8] [9] U 1977-yilda Katolik kutubxonalari assotsiatsiyasidan "bolalar adabiyotiga doimiy, alohida qoshgan hissasi[10] uchun" Regina medali va 1992-yilda Amerika kutubxonalar assotsiatsiyasidan Laura Ingalls Wilder Medalini oldi.[3]
Tanlangan asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Caldecott medali sovrindorlari
- Cinderella, or the Little Glass Slipper, 1954
- Once a Mouse, 1961
- Shadow (Marcia Brown book)|Shadow, 1982
Caldecott medali finalchilari[11]
- Stone Soup: An Old Tale, 1947
- Henry Fisherman, 1949
- Dick Whittington and his Cat, 1950
- Skipper Johnʼs Cook,1951
- Puss in Boots (Brown book)|Puss in Boots, 1952
- The Steadfast Tin Soldier, 1953
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Childrenʼs author, 3-time winner of caldecott Medal, " Chicago Sun-Times, May 9, 2015, p. 33.
- ↑
„Caldecott Medal & Honor Books, 1938–Present“. Association for Library Service to Children (ALSC). American Library Association (ALA).
„The Randolph Caldecott Medal“. ALSC. ALA. Retrieved 2013-06-10. - ↑ 3,0 3,1
„Laura Ingalls Wilder Award, Past winners“. ALSC. ALA.
„About the Laura Ingalls Wilder Award“. ALSC. ALA. Retrieved 2013-06-10. - ↑ „Marcia J. Brown '40 Biography“. ME Grenander Department of Special Collections & Archives. University at Albany. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
- ↑ Fox, Margalit „Marcia Brown, 96, Dies; Book Illustrator Won Three Caldecott Medals“. The New York Times (2015-yil 7-may). Qaraldi: 2021-yil 2-may.
- ↑ „Marcia Brown, award-winning illustrator of "Once a Mouse" and other books, dead at 96“. News 1130. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
- ↑ Maughan, Shannon „Obituary: Marcia Brown“. Publishers Weekly. Qaraldi: 2021-yil 2-may.
- ↑ „Hans Christian Andersen Awards“. International Board on Books for Young People (IBBY). Retrieved 2013-07-22.
- ↑ „US Nominees for the Hans Christian Andersen Award“. AndersenAward-winners-and-nominees.pdf (Wayback Machine saytida 2015-10-31 sanasida arxivlangan), page 2. United States Board on Books for Young People. 2008. Retrieved 2013-07-22.
- ↑ „Regina Medal“. Catholic Library Association. Retrieved 2013-07-22.
- ↑ KELLOGG, CAROLYN „Caldecott-winning illustrator Marcia Brown, 96, has died“ (en-US). Los Angeles Times (2015-yil 7-may). Qaraldi: 2022-yil 9-yanvar.