Maqomot
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Maqomot (arab. — maqomlar) — 1) Oʻrta asr musulmon Sharqi xalqlari musiqa ilmida pardalar, tovushqatorlar, kuy-ohanglar va jinsjamlar majmui. Ilmiy. atama sifatida ilk bor Qutbiddin ash-Sheroziy (13—14-asrlar)ning "Durrat uttoj li gʻurrat uddeboj" ("Podshoq tojining gavhari") qomusida, musiqa ilmiga bagʻishlangan boʻlimda qoʻllangan; 2) Oʻrta va Yaqin Sharq xalqlari mumtoz musiqa sanʼatida muayyan tovushqatorlar va usullar tizimiga asoslangan maqom, muqom, mugʻom, navba, dastgoh, taqsim (taqasim), peshrav kabi turkum janrlariga nisbatan ishlatiladigan umumnazariy tushuncha; 3) Oʻrta asr Sharq adabiyotida nasriy turkum janri. Al-Haririy, alhamadoniy kabi arab adiblarining "M."lari jahon adabiyotida mashhur boʻlib, Yevropa tillariga tarjima qilingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |