Manzura Hamidova
Manzura Hamidovna Hamidova (1921-yil 19-yanvar, Toshkent) — terapevt, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tibbiyot fanlari doktori (1965). Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakultetini tugatgach (1940), Toshkent viloyati Boʻka tumani Kerovchi qishloq vrachlik uchastkasi mudiri (1940—1942), Toshti fakultet terapiya klinikasida ordinator (1942—1946), Oʻrta Chirchiq viloyati kasalxonasida bosh vrach (1946—1949), Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet terapiya kafedrasida aspirant (1949—1952), Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti terapiya kafedrasida assistent (1953-58), dotsent (1958-1965), professor (1965—1967), kafedra mudiri (1967— 1992); 1-shahar klinik kasalxonasi ichki kasalliklar boʻlimida professor-konsultant (1992—2000). Ilmiy ishlari jigar, yurak, oʻpka kasalliklari, revmatizmni davolash va diagnostikasi hamda yurak-oʻpka yetishmovchiligining rivojlanish mexanizmlarini oʻrganish, davolash va boshqa masalalarga oid.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yazvennaya bolezn jeludka i 12ti per-stnoy kishki, 1984; Jigar kasalliklari, T.. 1987.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |