Kontent qismiga oʻtish

Manzum

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Manzum (arab. — tuzilgan, terilgan yaʼni, nazm holiga keltirilgan), aytim yoʻli — Xorazm maqomlari ashula boʻlimining nomi[1][2]. Har bir maqomda manzum bir necha ashula qismlaridan iborat yirik turkumni tashkil etadi. Ularda tuzilishi birligi, vazn-usul va shak-llarning esa xilma-xilligi bilan taʼriflanadi. Manzumning bosh shoʻʼbasi Shashmaqomdan farqli oʻlaroq bosh cholgʻu qismi kabi tani maqom deb ataladi. Asosiy qismlari — Talqin, Nasr, Tarona, Suvora, Naqsh, Faryod, Ufar va boshqa oʻziga xos ashula yoʻllarini oʻz ichiga oladi. Ular muayyan tartibda, asosan gʻazallarga bastalangani uchun manzum deyiladi.[3]

  1. I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987. 
  2. I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2. 
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil