Kontent qismiga oʻtish

Manshuk Mametova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Manshuk Mametova
Asl ismi qozoqcha: Мәншүк Мәметова
Taxallus(lar)i Monshagʻim
Tavalludi 1922-yil 18-noyabr
Jiekqum qishlogʻi, Qirgʻiziston ASSR, RSFSR; zamonaviy Qozogʻiston, Ural gubernatorligi, Bukeyorda tumani
Vafoti 1943-yil 16-oktabr
Nevel, Kalinin viloyati, RSFSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari miltiqchilar (piyodalar)
Xizmatdagi yillari 1942-1943
Unvoni Katta serjant
Harbiy  qism 100-piyodalar brigadasi
Qoʻmondonlik qilgan Pulemyotchi
Jang/urush Ulugʻ Vatan urushi
Mukofotlari Sovet Ittifoqi Qahramoni
Bilimi S.J.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti
Otasi Jiyengʻali Mametov
Onasi Amina Mametova

Manshuk Jiengaliovna Mametova (haqiqiy ismi Mansiya) — (1922-yil, Ural viloyati, Bokey oʻrdasi tumani — 1943-yil 16-oktabr) — qozoq xalqining qahramon qizi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1944).

Bolalik chogʻi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Uning haqiqiy ismi Mansiya. Onasi uni erkalab Moʻnchogʻim deb atagani uchun, Mansiyaning unga tili kelmay oʻzini Manshuk deb atagan. Bayuli qabilasi Sherkesh urugʻidan kelib chiqqan[1][2].

Manshukning otasi — Jiengali Mametov. Ammo Jiengalining ukasi Axmet Mametovning farzandi yoʻqligi sababli, 1925-yilda Manshuk uning qaramogʻiga oʻtgan.

  • Ahmet Saratovda o‘qiyotganligi uchun Manshukni o‘zi bilan olib boradi. Tez orada notinch davr boshlanadi va Ahmet bir necha yil davomida akasi bilan muloqot qila olmaydi. Keyin 1931-yilda Olmaotaga kelgandan soʻng, yil oxirida akasi Jiengali ochlikdan vafot etganini eshitadi. Ahmet Mametov Qozogʻistondan chiqqan ilik shifokorlardan biri boʻlib, u Alashordashi, Beimbet Mailin, Qudaybergen Jubanovlar bilan yaqin aloqada boʻlgan. Shuning uchun 1938-yil yanvar oyida himisga olingan.
  • Ahmetning rafiqasi Amina Mametova — Abulxayrxon avlodidan. Bobosi mulla, otasi el-yurt hurmatini qozongan odam boʻlgan, oʻzi podsho davrida ayollar gimnaziyasida o‘qigan, Saratovda aspiranturani tamomlagan, yurtga kelgandan keyin adabiyot o‘qituvchisi bo‘lgan, oʻsha davr gazetalari uchun tanqidiy maqolalar yozgan.
  • Buyuk jahon urushi boshlanganda Manshuk Olmaota tibbiyot institutida oʻqiyotgan edi.
  • 1942-yil Avgust oyida u ixtiyoriy ravishda Qizil armiya safiga qoʻshildi va 21-pulemyotchilar diviziyasi tarkibida jangda qatnashdi.
  • Katta serjant, pulemyotchi Manshuk o‘z guruhida janglarda o‘zining merganligi va jasorati bilan ajralib turdi. Nevel shahri uchun boʻlgan hal qiluvchi jangda Manshuk soʻnggi nafasi qolguncha pulemyotdan oʻq yogʻdirib, qahramonlarcha halok boʻldi.
  • Pavlodar viloyati kolxozchilari Qahramon qiz sharafiga Manshuk nomidagi tank kolonnasini qurish uchun mablag‘ yig‘ishdi.
  • Tug‘ilgan joyida unga haykal o‘rnatilgan.
  • Nevel, Olmaota, Ural va boshqa shaharlarda Manshuk nomidagi koʻchalar bor.
  • Respublikadagi oʻnlab maktablar, Qiziloʻrda qizlar pedagogika bilim yurti Manshuk nomi bilan atalgan.
  • Qahramon qizning hayoti va oʻchmas jasorati haqida „Manshuk haqida qoʻshiq“ (muallif — A. Mixalkov-Konchalovskiy, rejissyori M. Begalin) badiiy filmi suratga olindi.[3][4][5]
  1. „arxiv nusxasi“. 2020-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-aprel.
  2. https://azh.kz/kz/news/view/3263
  3. Batis Qazaqstan oblisi. Ensiklopediya. — Almati: „Aris“ baspasi, 2002 jil. ISBN 9965-607-02-8
  4. Qaragʻandi. Qaragʻandi oblisi: Ensiklopediya. — Almati: Atamұra, 2006. ІSBN 9965-34-515-5
  5. Algʻashqi qarligʻashtar — Almati: Qazaq universitetі, 2010. ISBN 9965-29-496-8