Mansabdorlik jinoyatlari
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. (2024-09) |
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mansabdorlik jinoyatlari – mansabdor shaxs tomonidan uning mansab vakolati bilan belgilangan majburiyatlarini buzishi oqibatida fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriklanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamiyat manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishi (koʻp miqdordagi zarar – eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 300 baravarigacha boʻlgan miqdordagi zarardir. Jiddiy ziyon – yetkazilgan moddiy ziyonning xususiyati, maʼnaviy ziyonning ogʻirligi, jabrlangan shaxslar soni va shahrik. holatlar hisobga olingan holda aniqlanadi). Mansabdorlik jinoyatlari davlat hokimiyati, davlat xizmati, mahalliy hokimiyat va oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining normal fa-oliyatiga tajovuz qiladi. Mansabdorlik jinoyatlari mansabdor shaxsning mansab vakolatlari bilan belgilangan imkoniyatlardan foydalanib biror bir harakatni, oʻz manfaatini koʻzlagan holda bajarishi yoki bajarmasligi yoxud oʻz vazifa va maj-buriyatlariga sovuqqonlik bilan munosabatda boʻlishi orqali sodir etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi JKda fukarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi, saylov yoki referendum oʻtkazish bilan bogʻliq qonun hujjatlarini, ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, mansab vazifalariga nisbatan loqaydlik bilan munosabatda boʻlish, hokimiyat harakatsizligi, poraxoʻrlik, aybsiz kishini javobgarlikka tortish, sud qarorini bajarmaslik, qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish, koʻrsatuv berishga majbur qilish va shahrik. uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Mansabdorlik jinoyatlarining ijtimoiy xavflilikdarajasi nihoyatda yuqoridir. Bunday jinoyatlarni sodir etish fuqarolarning qonuniy haq-xuquklarini buzishga, davlat va jamoat manfaatlariga ziyon yetkazilishiga olib keladi. Bu esa davlat hokimiyati organlarining fa-oliyatiga, davlatga hurmatsizlik, ishonchsizlik hissini paydo qiladi. Mirzayusuf Rustamboyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |