Kontent qismiga oʻtish

Manoqib

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Manoqib (arab. – fazilat) – buyuk kishilar, atoqli sanʼatkorlar, shuningdek, din namoyandalari haqida yozilgan xotira asari. Manoqib, asosan, shu kishilarning hayot yoʻli bilan tanish yoki maslakdosh boʻlgan kishilar tomonidan yozilgan. Manoqiblar dastlabki paytlarda din peshvolari Muhammad paygʻambar, Hazrati Ali va boshqaga bagʻishlangan. Bularda muayyan shaxsning turmush faoliyati uchun xos xususiyatlar aks ettirilgan.

Alisher Navoiyning „Holoti Sayid Hasan Ardasher“, „Holoti Pahlavon Muhammad“, „Hamsat ul-mutahayyirin“ asarlari, Xondamirning Akisher Navoiyga bagʻishlangan „Makorim ul-axloq“ („Yaxshi xulqlar“) asari va boshqa manoqib namunalaridir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil