Kontent qismiga oʻtish

Mangostan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mangostan

Mangostan, mangustan (Garcinia mangostana) — dalachoydoshlar oilasiga mansub ikki uyli past boʻyli daraxt. Bargi qalin, yaxlit, toʻq yashil. Guli yakka yoki toʻp-toʻp, gulbargi qalin, pushti. Vatani — Malakka va Malay arxipelagi. Osiyo tropiklarida mevasi uchun oʻstiriladi. Mevasi dumaloq (apelsindek) qizil yoki jigarrangbinafsha, xushboʻy, mazasi nordonshirin, isteʼmol qilinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil