Mangʻistau (tuman)
| ||
tuman | ||
---|---|---|
Tarkibida | Mangʻistau viloyati | |
Maʼmuriy markazi | Shetpe | |
Asos solingan sanasi | 1928-yil | |
Akim | Aytuarov Jarmaganbet Qayirmagʻanbetovich | |
Rasmiy tillar | qozoq, rus | |
Aholi (2013) | 34,129 [1] | |
Zichligi | 0,7 kishi./km² | |
Dinlar tarkibi | Musulmonlar | |
Maydoni | 47 900 km² | |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 | |
Telefon kodi | +7 72931 [2] | |
Pochta indeksi | 130400-130410[3] | |
Avtomobil raqami kodi | R, 12 | |
Xaritada | ||
44°8′32″N 52°9′21″E / 44.14222°N 52.15583°E |
Mangʻistau tumani — Mangʻistau viloyatining markaziy qismida joylashgan maʼmuriy birlik. 1928-yili tashkil topgan.[4] Tumanning maʼmuriy markazi — Shetpe qishlogʻi. Viloyat markazi sanalmish Aqtaudan Shetpegacha masofa − 159 km., tuman maydoni 47,9 ming km2. Tuman aholisi 34,129 kishi (2013).
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman aholisi 2010-yilgi maʼlumot boʻyicha 31,782 kishini tashkil qilsa, 2013-yilda esa 34,129 kishini tashkil qildi. Aholisi 1 km2 oʻrtacha hisob bilan 0,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013).
Qishloq xoʻjaligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Hududining 79,0 % yaylov. Tumanda asosan qoʻy, tuya va sigir asraydi.
Ijtimoiy soha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda 12 oʻrta maktab 8 madaniyat uyi va klub, tuman davlat muzeyi, markaziy kutubxona, tuman kasalxonasi va shifoxonasi, 2 qishloq kasalxonasi, 4 qishloq oilaviy shifoxona, sanepidst. faaoliyat yurutmoqda. 1941-yildan buyon „Jana omir“ roʻznomasi chiqadi. Tuman orqali Aqtov — Maqat temir yoʻli, Aqtov — Atirau — Jetibay — Shetpe avtomobil yoʻllari oʻtadi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года
- ↑ Телефонные коды
- ↑ Почтовые индексы Казахстана
- ↑ "Mangʻistau"ensiklopediyasi, Almati, 1997;
- ↑ Qozoq Ensiklopediyasi, 6 tom