Mandela effekti
Mandela effekti (inglizcha: Mandela effect) — bu real faktlarga zid boʻlgan bir nechta odamlarning xotiralari tasodifidan iborat. Bu notoʻgʻri kollektiv xotira bilan bogʻliq hodisa[1].
Psixologlar Mandela effektini baʼzida odam biron bir voqea, hodisani eslaganda, uni ongida oʻzgartirishi yoki voqeani boshidan notoʻgʻri qabul qilishi bilan izohlashadi. Olimlar Mandela effektini konfabulyatsiya hodisasi bilan izohlaydilar. Psixologiyada konfabulyasiya xotira boʻshliqlarini toʻldirish yoki tafsilotlarni qoʻshishni anglatadi. Obrazli aytsak, inson xotirasi bu yozib oluvchi videokamera emas balki tahrirlash mumkin boʻlgan wikipedia sahifasidir.
Kelib chiqishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilda Internetda koʻp sonli odamlar birdaniga siyosiy va davlat arbobi Nelson Mandelaning oʻlimini muhokama qila boshladilar. Odamlar siyosatchi 1980-yillarda qamoqda vafot etganiga ishonch hosil qilishgan. Bundan tashqari, ular hatto Nelson Mandelaning oʻlimi haqidagi xabarlarni ham eslashgan. Aslida esa siyosatchi 1990-yilda qamoqdan chiqqan va 2013-yilda vafot etgan. Mazkur soxta kollektiv xotirani, shuningdek, boshqa misollarni tushuntirish uchun Fiona Brum „Mandela effekti“ atamasini kiritdi[2]. Fiona Brumning oʻzi Mandela effekti insonning muqobil reallikka oʻtishi natijasida namoyon boʻlishini taʼkidlaydi[3].
Mandela effektiga boʻlgan qiziqish, birinchi navbatda, Internetda maʼlumotlarning tarqalishi tufayli ortdi[4]. Bugungi kunga qadar siyosatda, tarixda, sanʼatda, ommaviy madaniyatda Mandela effekti kuzatilgan misollar mavjud .
Mandela effektining namoyon boʻlishiga misollardan biri Aum Shinrikyo sektasi rahbari Shoko Asaxaraning oʻlimi bilan bogʻliq. Uning tarafdorlaridan bir qismi lider kamerada oʻz joniga qasd qilganiga amin, boshqalari esa uni otib oʻldirgan deb daʼvo qilishadi. Haqiqatda esa sekta rahbari 2018-yil 6-iyulda Yaponiyada osib oʻldirilgan edi[5].
Mutaxassislar fikri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klinik va sud psixologi Jon Pol Garrison ommaviy madaniyatda Mandela effektining ishlashini taʼkidlaydi: „Men yangiliklarni oʻqiganimizda baʼzi xotiralar oʻz-oʻzidan paydo boʻladi deb oʻylayman. Shuningdek, bizga maʼlum bir maʼlumotni qabul qilganimizda, biz doimo unga ega boʻlgandek tuyulishi mumkin. Shunga qaramay, Mandela effekti xotiramizning nomukammalligidan ikkinchi oʻrinda turadi[6]“.
Effektni matematik usullar bilan tahlil qilishga harakat qilingan.
Effektning namoyon boʻlishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamiyatga taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mandela effekti natijasida kelib chiqadigan dezinformatsiya, agar u koʻp sonli odamlar tomonidan qoʻllab-quvvatlansa va tarqalsa, shubhasiz haqiqat sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu tarzda, bir kishining soxta xotiralari boshqa odamlarning xotiralariga taʼsir qiladi hamda ular xuddi shunday tarzda faktlarni eslab qolishadi. Bu butun jamiyatda biror hodisani notoʻgʻri idrok etishga olib kelishi mumkin[7].
Dezinformatsiyaning jamoatchilikka siyosiy taʼsir qilishdan tortib, jamiyatga umuman taʼsir qilmaydigan kichik koʻrinishlarga qadar taʼsir qilishiga juda koʻp misollar mavjud.
Siyosatga taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mandela effekti siyosiy voqealar rivojiga taʼsir qilgan deb hisoblanadi. Odamlar ongida mustahkamlangan soxta xotiralarga tayangan holda ular asosida tanlovlar qilganlar[8]. Saylov yoki referendumda ovoz berishda saylovchilar oʻz tajribasiga tayanadi, yaʼni yolgʻon xotiralar ularning qaroriga taʼsir qilishi mumkin. Shu munosabat bilan, soxta yangiliklar fenomeni keng tarqalgan boʻlib, bu nomzod haqida ommaviy notoʻgʻri tushunchaning shakllanishiga yordam beradi[9].
Tanqid
[tahrir | manbasini tahrirlash]N. Dagnoll va K. Drinkuoter soxta xotira Mandela effekti bilan bogʻliq emas deb hisoblashadi. Ular jamoaviy soxta xotiralarni odamlarning idrok etish qiyin boʻlgan maʼlumotlar yukini yengillashtirish istagi va haqiqiy voqealarni xayoliy voqealardan farqlay olmasliklari bilan izohlaydilar[10].
Bunga misol qilib amerikalik kognitiv psixolog Elizabet Loftus va psixolog Jim Koanning „Mallda yoʻqolgan“ eksperimentini keltirish mumkin. Koan oilasiga bolaligidan toʻrtta voqeani aytib beradi, ulardan biri Koanning ukasi savdo markazida adashib qolgani haqidagi butunlay xayoliy voqea edi. Koanning ukasi mavjud boʻlmagan voqeaga ishondi hamda hatto bir nechta tafsilotlarni qoʻshib qoʻyadi[11].
- Mandela effekti — 2019-yilda chiqarilgan Amerika ilmiy-fantastik badiiy filmi boʻlib, Mandela effektining namoyon boʻlishini „matritsadagi nosozlik“ sifatida tushuntiradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „What Does Mandela Effect Mean? | Slang by Dictionary.com“ (en). Everything After Z by Dictionary.com. Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Two cognitive psychologists explain the mystery of the 'Mandela effect'“ (en). The Independent (2018-yil 14-fevral). Qaraldi: 2019-yil 29-oktyabr.
- ↑ „Mandela Effect“ (en). Mandela Effect. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Эффект Манделы в играх и интернете“ (ru). PlayGround.ru. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Эффект Манделы: что это, возможные объяснения и примеры | Bashnya kontinuuma“ (ru). Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.
- ↑ Capital One Contributor. „The Mandela Effect -- Bad Memories Or An Alternate Universe?“ (en). Forbes. Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.
- ↑ „All illustrations of the “Mandela effect"“. The New York Times.
- ↑ „Fake news last for longer than you realise, may become a part of memories“. The Economic Times (2019-yil 22-avgust). 2020-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
- ↑ „Fake News Can Lead to False Memories“ (en). Association for Psychological Science - APS. Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.
- ↑ Ken Drinkwater, Neil Dagnall. „The 'Mandela Effect' and how your mind is playing tricks on you“ (en). The Conversation. Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.
- ↑ Francesco Tortora. „Vi siedereste in mezzo a un gruppo di motociclisti? 28 modi per smascherare i pregiudizi“ (it). Corriere della Sera (2017-yil 12-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 28-oktyabr.
<ref>
tag defined in <references>
has no name attribute.