Kontent qismiga oʻtish

Mamajon Abdurasulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mamajon Abdurasulov (1927-yil, Shahrixon tumani Naynovo qishlogʻida tavallud topgan [1]. Xalq oʻqituvchisi (1981). Fargʻona pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetini tamomlagan (1963). 1950-yildan Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi 41-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 40 yildan ortiq mehnat faoliyati davrida uning bolalarni ragʻbatlantirish orqali taʼlim-tarbiyani yuqori saviyaga koʻtarish usuli Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda keng ommalashtirilgan[2].

  1. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-fevral.
  2. "Abdurasulov Mamajon" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil