Malika Hakimova
Malika Hakimova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
24-yanvar 1996-yil Navoiy, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | qilichbozlik |
Murabbiy(lar)i | Ruslan Kudaev |
Malika Hakimovna Hakimova (tugʻ. 24-yanvar 1996-yil, Navoiy, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek qilichbozlikchisi, Oʻzbekiston xalqaro toifadagi sport ustasi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Martaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]10 yoshidanoq Navoiy shahridagi „Soʻgʻdiyona“ sport klubida Ruslan Kudaev boshchiligida qilichbozlik bilan shugʻullana boshlagan. 2011-yildan Oʻzbekiston terma jamoasida[1].
2013-yilda Bangkokda (Tailand) qilichbozlik boʻyicha kadetlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida yakkalik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2015-yilda Abu-Dabi (BAA) shahrida qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida u shaxsiy chempionatda oltin medalni qoʻlga kiritdi[2].
2018-yilda qilichbozlik boʻyicha yakkalik bahslarida Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan, shuningdek, Oʻzbekiston chempionatida gʻolib chiqqan[3]. Oʻsha yili Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetini tamomlagan[1].
2019-yilda Toshkentda (Oʻzbekiston) qilichbozlik boʻyicha Satelit xalqaro turnirida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Toshkentda ham qilichbozlik boʻyicha oʻtkazilgan Markaziy Osiyo chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi[4].
2021-yil mart oyida Qozon shahrida (Rossiya) qilichbozlik boʻyicha Jahon kubogining soʻnggi saralash bosqichida qatnashib, kerakli miqdordagi ball toʻpladi va 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga toʻgʻridan-toʻgʻri litsenziya olishga muvaffaq boʻldi[5].
Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan XXXII yozgi Olimpiada oʻyinlarida epe boʻyicha yakkalik bahslarining birinchi bosqichida u 2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori xitoylik Sun Yiven bilan uchrashdi, ammo 10:15 hisobida magʻlub boʻldi[6][7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Хакимова Малика Хакимовна“. www.fencing.uz. 2021-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust. Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; name ":0" defined multiple times with different content - ↑ Sputnik Узбекистан. „Узбекская шпажистка завоевала лицензию на ОИ в Токио“ (ru). Sputnik Узбекистан (25-mart). Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
- ↑ „Определились лучшие шпажисты Узбекистана среди женщин и мужчин“ (ru-RU). Anhor (2018-yil 17-aprel). Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
- ↑ UzDaily. „Завершился открытый чемпионат Центральной Азии по фехтованию“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
- ↑ „Узбекская шпажистка Малика Хакимова завоевала прямую лицензию на ОИ в Токио-2020“ (ru). Olamsport.com. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
- ↑ „Токио-2020. В первый день узбекистанцы не одержали ни одной победы“ (ru-UZ). Газета.uz (2021-yil 24-iyul). Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
- ↑ „Fencing Women's Épée Individual - Bracket Results | Tokyo 2020“ (en-us). ... Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.[sayt ishlamaydi]