Malayziya operatsiyasi
Malay operatsiyasi — Yaponiya qurolli kuchlarining 1941-yil 8-dekabrdan 1942-yil 31-yanvargacha Britaniya va Avstraliya qoʻshinlariga qarshi Britaniya Malayziya bosib olish va Ikkinchi jahon urushi davrida Singapur davlatini qamal qilish maqsadida amalga oshirilgan strategik harbiy operatsiyasi.
Jangga tayyorgarlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya qoʻmondonligi Janubi-Sharqiy Osiyoni bosib olish rejalarida strategik qurol-yarogʻga boy Britaniyaning malay qoʻshiniga katta eʼtibor qaratdi. Inglizlar bu mintaqada katta kuchlarga ega emas edilar va barcha umidlarini Malay yarim orolining janubiy qismida joylashgan Singapurga bogʻlashdi. Buyuk Britaniya qoʻmondonligining rejalariga koʻra, Singapur Yaponiyaning Janubi-Sharqiy Osiyo va Indoneziyadagi agressiyasiga jiddiy toʻsiq boʻlishi kerak edi.
Operatsiyaga tayyorgarlik yaponiyaliklar tomonidan noyabr oyining boshlarida yakunlandi. Yaponiya qoʻshinining rejalari Tailand ishgʻol qilingandan keyin Kra Ismus orqali Britaniya qoʻshinlarni olib chiqish va Singapurni quruqlikdan bosib olish edi. Muaffaqiyatning eng katta qismi havo yoʻllari orqali erishiladi.
Ittifoqchilarning xatosi Yaponiya Tinch okeani va Osiyodagi bir nechta nuqtalarda bir vaqtning oʻzida bir nechta hujumni amalga oshira olmaydi, degan fikrda edilar. [1] Kutilmagandan, yaponlar bir vaqtning oʻzida Pearl-Harbor, Tailand, Malayziya, Filippin va Gonkongga zarba berishdi.
Jang natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Natijada yaponlar 54 kun ichida Malayyani egallab olishdi. Britaniya qoʻshinlarining tezkor magʻlubiyati ingliz qoʻmondonligiga shahar uchun Singapurga qoʻshimcha kuchlarni olib kelishga imkon bermadi. Britaniya va Avstraliya qoʻshinlari Singapurda atigi 15 kun turishga majbur boʻlishdi va 15-fevralga kelib ular taslim boʻlishdi. Shahar darvozalarini ochib berishdi.
Operatsiya paytida Britaniya va Avstraliyaning qoʻshinlaridan 5,5 ming kishi halok boʻldi, 5 ming yarador va 40 ming mahbus. Yaponiyaning yoʻqotishlari esa 1,8 ming kishining oʻlimi va 3,4 ming yaralangan kishi bilan kifoyalandi.