Kontent qismiga oʻtish

Malak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Malak – somiy tillarda elchi maʼnosini anglatadi. Tarjima qilinganda farishta maʼnosida qoʻllanadi, koʻpligi: maloika; farishta – nurdan yaratilgan mavjudot. Islom aqidasiga muvofiq, farishtalar muayyan vazifalar yuklatilgan Xudoning maxluqotlari. Jumladan: Jabroil (Jibriil, Ruhu-l-quds) – bosh farishta, u Parvardigor amrini, samoviy buyruqlarni Rasulga yetkazib turgan. Mikoil – koinotni boshqaruvchi, janglarda qoʻmondonlik qiladi. Azroil – jon olish faoliyati bilan shugʻullanadi. Isrofil – qiyomat kunidan ogoh qiladi, darak beruvchi surnayni chaladi, ruhlarni tarbiya qilish ham uning vazifasidir. Bundan tashqari, yana maxsus vazifalarni bajarib turuvchi koʻplab farishtalar mavjud[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 284.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.