Makedoniya (tarixiy viloyat)
Makedoniya — Bolqon yarim orolning markazida joylashgan tarixiy viloyat. M. hududiga aholi (illiriy va frakiy qabilalari) neolit davridan boshlab joylashgan. Miloddan avvalgi 5 — 2-asrlarda M. hududida Qad. Makedoniya davlati boʻlgan. Mil. 6 — 7-asrlarda M. hududida slavyan qabilalari koʻchib kelgan. Slavyanlar mahalliy qabilalar bilan aralashib ketgan. 7-asrda Vizantiya M. slavyanlarini qisman oʻziga boʻysundirgan. 9-asrning 2-choragida M.ning katta qismi Birinchi Bulgʻor podsholigita kirgan. 9—10-asrlarda M. hududida mulkdorlik (feodal) munosabatlari shakllangan, xri-stianlik keng yoyilgan. 10-asrning 70-yillarida Gʻarbiy Bulgʻoriya podsholigi vujudga kelib, M. mazkur podsholik hududining asosiy qismini tashkil qilgan. 1018 yilda M.ni Vizantiya bosib olgan. 1230 yilda M. Ikkinchi Bulgʻor podsholigi hududining bir qismigaaylangan. 14-asrning oʻrtalarida M.ni Serbiya, 14-asrning soʻnggi choragida esa Usmonli turk imperiyasi bosib olgan. Turkiya zulmiga karshi milliy ozodlik kurashlari koʻtarilgan (Ilinden qoʻzgʻoloni, 1903). Bolqon urushlari natijasida (1912—13) M. Serbiya (Vardar M.si), Gretsiya (Egey M.si) va Bolgariya (Pirin oʻlkasi) davlatlari oʻrtasida boʻlib olingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |