Makedon tili
Makedon tili | |
---|---|
Milliy nomi | Македонски јазик |
Mamlakatlar |
Shimoliy Makedoniya Albaniya Ruminiya[1] Serbiya[2][3] |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 1,6[4] – 3,0 million. |
Tartiblovchi tashkilot | Krste Misirkov makedon tili instituti |
Turkumlanishi | |
Turkum | Hind-yevropa tillari |
Til oilasi |
|
Alifbosi | Kirill yozuvi (Makedon alifbosi) |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | mk |
ISO 639-2 | mac |
ISO 639-3 | mkd |
Makedon tili (maked.: македонски јазик) — hind-yevropa tillar oilasiga kiruvchi jan. slavyan tillaridan biri, Makedoniya Respublikasining rasmiy tili (2 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi). Lahjalari gʻarbiy, sharqiy, shim. guruhlarga boʻlinadi. Adabiy Makedon tilida 5 ta unli fonema (a, o, u, ye, i)dan tashqari, "r" undoshi ham boʻgʻin hosil qiladi. Urgʻusiz boʻgʻinlar reduksiyasi uchramaydi. "X"dan boshqa barcha shovqinli undoshlar jaranglilikjarangsizlik boʻyicha oʻz juftiga ega. Undoshlar qatorida qattiq — yumshoqlik kuzatiladi. Otlarda kelishik qoʻshimchalari yoʻq, sintaktik munosabatlar analitik tarzda ifodalanadi. Feʼllar murakkab zamon shakllari tizimiga ega. Makedon tili alifbosi kirill yozu-vmga, imlosi esa fonetik qonunqoidalarga asoslangan.[5]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ European Charter for Regional or Minority Languages
- ↑ Macedonian language, official in Dužine and Jabuka
- ↑ http://www.isria.com/pages/22_June_2011_99.php
- ↑ Ethnologue
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |