Kontent qismiga oʻtish

Maji-maji qoʻzgʻoloni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Maji-maji qoʻzgʻoloni (1905 -07) — Germaniyaning sobiq mustamlakasi boʻlgan Sharqiy Afrikadagi xalqlarning mustamlaka zulmiga qarshi koʻtargan qoʻzgʻoloni. Nomi moʻʼjizaviy kuch — suv va sorgo doni ("majimaji") dan tayyorlangan doriga eʼtiqod qilish bilan bogʻliq boʻlib, qoʻzgʻolonchilarning tasavvuriga koʻra, bu ularni dushman oʻqidan asragan. Qoʻzgʻolon german qoʻshinlari tomonidan bostirilgan. 120 ming afrikalik oʻldirilgan, ayrim qabilalar butunlay yoʻq qilib tashlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil