Kontent qismiga oʻtish

Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marketing boʻlimi tomonidan yasalgan
M.Behbudiy uy-muzeyini ochilish afishasi

Maxmudxo‘ja Behbudiyning uy-muzeyi - Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi tizimidagi muzey(2021-y.)

Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli qarori asosida 2021-yilning 18-oktyabr kuni tashkil qilingan[1].

Muzeyning ochilish marosimi 18-oktyabr - Samarqand shahri kunida oʻtkazilgan[2].

So‘nggi yillarida Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, uning hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda keng jamoatchilikka targ‘ib etish imkoni tug‘ildi. Bu esa zamon talablariga g‘oyaviy, ilmiy va badiiy jihatdan yangi muzey ekspozitsiyasini yaratish zarurligini anglatdi. Uy-muzeyi mashhur ma’rifatparvar, dramaturg, jurnalist va noshir hisoblangan Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijodiy faoliyatini ilmiy o‘rganish va keng targ‘ib etishda ilmiy-ma’rifiy maskanlardan biri hisoblanadi.

Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyiga oʻrnatilgan noshirlik dastgohi
Noshirlik dastgohi / M.Behbudiy uy-muzeyi
Interyer / M.Behbudiy uy-muzeyi
Interyer / M.Behbudiy uy-muzeyi


Muzeyda qurilgan ekspozisiyalar ilmiy konsepsiyaga asoslangan bo‘lib, unda M.Behbudiy hayoti va ijodi, jadidchilik tarixi, XX asr boshlaridagi madaniy-ma’rifiy voqeliklar, muzey ashyolari, xujjatlar, foto nushalar va boshqa ashyolar namoyish etilgan.

Muzey uchun ajratilgan bino Samarqand shahri Mir Said Baraka ko‘chasi 47-uyda joylashgan boʻlib, binoning umumiy maydoni qariyb 860 m kv.ga teng, shundan 128 m kv.ni ekspozitsiya maydoni tashkil etadi. Binoning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, doimiy ekspozitsiyalar va uy intererlari tashkil etiladigan joylarga belgilandi.

Ekspozitsiyani tashkil qilishdagi asosiy vazifalar XIX asr oxiri XX asr boshlarida Samarqandda shakllangan jadidchilik oqimini o‘rni va ahamiyatini ochib berish; Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayotiy prinsiplarni yoshlarimizga ibrat namunasi qilib ko‘rsatish; O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy sayyohlarga mazkur ekspozitsiya orqali ma’lumotlar berib borish va ularning bu sohadagi fikr-mulohazalarini ijobiy tomonga o‘zgarishiga ta’sir etish.

Ekspozitsiyada muzey jamlanmasi ashyolaridan kelib chiqqan holda, Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodi, XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi madaniy va ijtimoiy davr bilan bog‘liq intere yaratilgan.

Maxmudxo‘ja Behbudiyning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, ijodxonasi intereri, Behbudiyning zamondoshlari, safdoshlari va shogirdlari, noshirlik dastgohi, foydalangan ashyolar, xalq oynasi (“Oyna” jurnali, “Samarqand” gazetalari ilk sonlari namoyishi) ekspozitsiyada planshetlar va vitrinalarda namoyish etilgan.

Ekspozitsiya muzey jamlanmasida saqlanayotgan va tashqaridan to‘planadigan muzey ashyolarining asl nusxasini, xalqimiz boy madaniy muhitini o‘ziga mujassamlashtirgan etnografik, qo‘lyozmalar, kitoblar, audioyozuvlar, videoyozuvlar, fotohujjatlar va boshqa ashyolarini namoyish qilish orqali yaratilgan. Shuningdek, ekspozitsiyada asl muzey ashyolaridan tashqari, muzey ashyolarining nusxalari, ekspozitsiya uchun maxsus tayyorlangan maketlar, modellar, nusxalar va ilmiy yordamchi materiallar (xarita–sxemalar, aksionometriyalar, diagrammalar, tablitsalar, filmlar) namoyish etilgan.

  1. ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИНИНГ ҚАРОРИ. „LexUZ / Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги қошидаги “Адолат” миллий ҳуқуқий ахборот маркази давлат муассасаси“ (Ўзбекча(кирил)) (2021-yil 13-aprel). Qaraldi: 2022-yil 13-aprel.
  2. Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”. „“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati davlat unitar korxonasi / Samarqandda Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi ochildi“ (18 oktyabr 2021). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-avgust.