Kontent qismiga oʻtish

Mahmud Darvish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mahmud Darvish (arabcha: محمود درويش; 1941.13.3, Akka sh. yaqinidagi Barva qishlogʻi) — falastinlik arab shoiri, jamoat arbobi, jurnalist. Yoshligi Hayfada oʻtgan. Falastin xalqi ozodligi haqidagi sheʼrlari uchun isroillik tajovuzkorlar tomonidan bir necha bor qamalgan. 1971 yilda vatanidan chiqib ketishga majbur boʻlgan. Qohira, Bayrutda yashagan. Ijodi asosan vatan ozodligi uchun kurash mavzuida ("Qanotsiz qushlar", "Zaytun barglari", 1961; "Falastinlik oshiq", 1966; "Tunning oxiri", 1969; "Odatdagi gʻamgin kunlar", 1973; "Ovoz", 1980 va b.). Sheʼrlari oʻnlab xorijiy tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan. D. "Nilufar" xalqaro adabiy mukofoti laureati (1969).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil