Kontent qismiga oʻtish

Magyarablar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magyarablar (veng.: magyarabok) — Misr va Sudan chegarasida joylashgan Nubiyada yashab keluvchi qabila. Taxmin qilinishicha, ular XVIasrda Usmonli xalifaligi qoʻshinlari tarkibida chegara xizmatini bajarish uchun Nubiyaga kelgan va mahalliy qabilalar bilan aralashib ketgan vengrlarning (majorlar) avlodlaridir. Statistikaga koʻra, magyarablar soni 10-12 ming (sharqshunos Istvan Fodor tomonidan hisoblangan)dan 60 ming (Magʻarab jamiyati matbuot kotibi Muhammad Hasan Usmon) kishigacha baholanadi.[1]

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taxminlarga koʻra, 1517-yili Usmonli xalifalining sulton Salim I Islomni qabul qilgan vengerlar harbiy xizmatga olib, Nubiya chegarasini qoʻriqlash uchun yuborishi natijasida Misrga kelib qolishadi. Magyarablarning rivoyatlarida aytilishicha, ular budalik qandaydir harbiy qoʻmondon Ibrohim al-Magyor avlodi boʻlib, u mahalliy nubiyalik ayoldan Ali ismli oʻgʻilli boʻlgan; oʻz navbatida Alining besh oʻgʻli boʻlgan va aynan ular barcha Magʻyarab jamoasining asoschilariga aylanganlar. Magyarablar XX asrning 20-yillarida sayohatchi Laslo Almasi tomonidan „qayta kashf etilgan“. 1992-yilda ular vengerlarning Butunjahon kengashiga qabul qilingan.[2] Bugungi kun magyarablari venger tilini unutishgan, ammo oʻz tillarining ayrim xususiyatlarini saqlab qolishgan.

Misr poytaxti Qohira shahrida 400 ga yaqin magyarab yashaydi. Magyarablardan farq qiladigan, lekin kelib chiqishi Vengriyadan boʻlgan (albatta, Afrikada paydo boʻlishini Mariya Tereza davri bilan bogʻlaydigan) boshqa bir jamoa Asvonda yashaydi.

  1. Hering József: Magyarok a Nílus mentén (Wayback Machine saytida 2005-02-13 sanasida arxivlangan), beszélgetés Fodor Istvánnal és Koltay Erikával. Magyar Demokrata, 4. évfolyam 28-29. szám, 1997. július 17.
  2. Magyar törzs él Afrika szívében (Wayback Machine saytida 2009-07-09 sanasida arxivlangan), Blikk, 2006. május 26.