Kontent qismiga oʻtish

Magnetron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Magnetron [magnit va (elek) tron] — oʻta yuqori chastotali elektromagnit tebranishlarni generatsiyalaydigan elektrovakuum asbob; elektronlar doimiy magnit va elektr maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashganda sodir boʻladi. Koʻp rezonatorli oddiy M.ning asosiy qismlari elektronlar chiqaradigan katod va elektrik hajmiy rezonatorlap boʻlgan anoddan iborat. M.ning tebranish sistemasida 8 dan 40 tagacha rezonator boʻlib, ular anod teshigi atrofida simmetrik joylashgan. Har qayyasi rezonator katod joylashgan markaziy teshik bilan tirqish orqali bogʻlangan. Rezonatorlar halqasimon tebranish sistemasini hosil qiladi. Bir yoki bir necha rezonatorni siljitib, chastota oʻzgartiriladi. Rezonator hosil qilgan oʻta yuqori chastotali elektr maydoni bilan tormozlangan elektronlar maydonga energiya berib, oʻta yukrri chastotali elektromagnit tebranishlarni kuchaytiradi. M.ning ish diapazoni 0,5 dan 100 Gs gacha, f.i.k. 0,8 gacha. Ish tarziga koʻra, M. uzluksiz va uzlukli xillarga boʻlinadi. Uzluksiz M.larning quvvati bir necha Vt dan oʻnlarcha kVt gacha, uzlukli M.larniki 10 Vt dan 5 MVt gacha. M. radiolakatsion styalarda, roʻzgʻorda ishlatiladigan pechlar va boshqalarda foydalaniladi (yana qarang Elektron lampa, Elektrovakuum asboblar).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil