Madraim Bobojonov
Madraim Bobojonov (1939.9.10, Xorazm viloyati Xonqa tumani Gʻalaba qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1988). Toshkent sanʼat institutini tugatgan (1970). 1961-yildan Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat oʻzbek davlat musikali drama va komediya teatrida aktyor. B. ijodiga qahramonona, romantik va fojiaviy rollar yaqin boʻlib, obrazlari joʻshqin histuygʻuga toʻla; chuqur dramatik hoyaatlarni mahorat bilan gavdalantiradi. Sahnada yaratgan eng yaxshi rollari: Utkuriy ("Parvona"), Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Fazliddin ("Nomaʼlum kishi"), Hamlet ("Hamlet"), Karl Moor ("Qaroqchilar"), Mindaugas; ("Mindaugas"), Jaloliddin Manguberdi ("Avlodlar qilichi"), Samadov ("Un uchinchi rais"), Ogahiy ("Dilbandi Xiva") va boshqa B. televideniye orqali namoyish etilgan bir qancha videofilmlarda ham (Ogahiy, "Ogahiy"; Qozi, "Deyishma" va boshqalar) oʻynagan. "Nilufar" (H. Rasul), "Millioner oʻgʻli" (J. Teshaboyev, H. Islomov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |