Macaulay Culkin
Macaulay Culkin | |
---|---|
Culkin 2010-yilgi Berlin festivalida | |
Tavalludi |
Macaulay Carson Culkin 26-avgust 1980-yil New York City, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari |
|
Veb-sayt | bunnyears.coma |
Macaulay Culkin (talaffuzi: Makoley Kalkin; 1980-yil 26-avgustda tugʻilgan[1]) amerikalik aktyor, musiqachi va podkasterdir. U 1990-yillarning eng muvaffaqiyatli bolalar aktyorlaridan biri sifatida eʼtirof etilib,[2] VH1 telekanalining „100 ta eng buyuk bola-yulduzlar“[3] hamda E! telekanalining „50 ta eng yaxshi bola yulduzlar“[manba kerak] roʻyxatiga kiritildi.
Culkin Uyda yolgʻiz franshizasining ilk ikkita filmida Kevin McCallister rolini jonlantirgan bola aktyor sifatida mashhur boʻlib, u bu filmdagi roli ortidan Oltin globusning „Eng yaxshi aktyor — Musiqiy yoki komediya janridagi kinofilm“ nominatsiyasida nomzod boʻlgan. Shuningdek, u My Girl (1991), The Good Son (1993), The Nutcracker (1993), Getting Even with Dad (1994), The Pagemaster (1994) va Richie Rich (1994) filmlarida suratga tushgan boʻlib, MTV Movie Awards va Young Artist Awards mukofotlariga nomzod ham boʻlgan. Culkin 1994-yilda aktyor sifatidagi karyerasidan nomaʼlum muddatga tanaffusga chiqdi hamda 2003-yilda Will & Grace telekoʻrsatuvida mehmon sifatida qatnashib, Party Monster (2003) filmidagi roli bilan qaytdi. U 2006-yilda chop etilgan Junior nomli avtobiografik kitobini yozdi.
2013-yilda Culkin the Pizza Underground rock-guruhiga asos soldi; 2016-yilda Culkin Pizza Underground guruhi boʻlinib ketayotganini va ularning keyingi albomi soʻnggisi boʻlishini aytdi. Hozirda u Bunny Ears nomli satirik pop-madaniyat mavzularni oʻz ichiga olgan web-sayt va podkastining noshiri hamda bosh ijrochi direktori (BID) dir.[4]
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Film
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Roli | Izohlar |
---|---|---|---|
1988 | Rocket Gibraltar | Cy Blue Black | |
1989 | See You in the Morning | Billy Livingstone | |
Uncle Buck | Miles Russell | ||
1990 | Jacob's Ladder | Gabe Singer | |
Uyda yolgʻiz | Kevin McCallister | ||
1991 | Only the Lonely | Billy Muldoon | |
My Girl | Thomas J. Sennett | ||
1992 | Uyda yolgʻiz 2 | Kevin McCallister | |
1993 | The Good Son | Henry Evans | |
The Nutcracker | The Nutcracker Prince | ||
1994 | Getting Even with Dad | Timmy Gleason | |
The Pagemaster | Richard Tyler | ||
Richie Rich | Richard „Richie“ Rich Jr. | ||
2003 | Party Monster | Michael Alig | |
2004 | Saved! | Roland Stockard | |
2007 | Sex and Breakfast | James Fitz | |
2011 | The Wrong Ferarri | Himself | |
2015 | Adam Green's Aladdin | Ralph | |
2019 | Changeland | Ian |
Televideniya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Roli | Izohlar |
---|---|---|---|
1985 | The Midnight Hour | Halloween Kid | TV film |
1988 | The Equalizer | Paul Gephardt | Epizod: „Something Green“ |
1991 | Wish Kid | Nicholas McClary | Ovoz bergan; 13 ta epizod |
Saturday Night Live | Oʻzi | Epizod: Macaulay Culkin/Tin Machine | |
1994 | Frasier | Elliot | Ovoz bergan; Epizod: Seat of Power |
2003 | Will & Grace | Jason „JT“ Towne | Epizod: May Divorce Be with You |
2004 | Foster Hall | Clark Hall | Uchuvchi |
2005-2010 | Robot Chicken | Bastian Bux Kevin McCallister Billy Kid |
Ovoz bergan; 5 ta epizod |
2009 | Kings | Andrew Cross | 5 ta epizod |
2015-2016 | The Jim Gaffigan Show | Oʻzi | 8 ta epizod |
2019 | Dollface | Dan Hackett | Epizod: History Buff[5][6] |
2020 | The Eric Andre Show | Oʻzi | Epizod: You Got Served |
2021 | American Horror Story: Double Feature | ANIQLANMOQDA | Kelasi mavsum |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Wynne, Kelly „Do You Know Macaulay Culkin's Middle Name? Because He's Changed It to Something Else Entirely“. Newsweek. Dev Pragad (6-may). Qaraldi: 20-avgust, 2020.
- ↑ Gliatto, Tom „Running Away with the Box Office by Staying Home Alone, Macaulay Culkin Is Hollywood's Newest Little Big Man“. People (17-dekabr, 1990). 2010-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-fevral, 2010.
- ↑ „The Greatest: 100 Greatest Kid Stars (20 - 1)“. VH1.com<!. 27-avgust, 2005da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentabr, 2020.(Wayback Machine saytida 2005-08-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ Jensen, Erin. „Macaulay Culkin to legally change middle name to something totally outrageous“. USA Today (29-noyabr, 2018). Qaraldi: 27-mart.
- ↑ „Macaulay Culkin - Rotten Tomatoes“. www.rottentomatoes.com.
- ↑ „Macaulay Culkin | TV Guide“. TVGuide.com.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Macaulay Culkin haqida turkum mavjud |