Makao
Aomin | |
---|---|
Shior: Y'o`q | |
Madhiya: Olgaqadamlar | |
Poytaxt | - |
Hukumat | Muxtoriyat |
] | |
Aholi | |
• 2002-yilgi roʻyxat |
10,566,212 (75-oʻrin) |
• Zichlik | 18 527/km2 |
YIM (XQT) | 2005-yil roʻyxati |
• Butun |
AQSh$15,997 mil. (41-oʻrin) |
• Jon boshiga |
AQSh$36 357 |
Pul birligi | Pataka |
Vaqt mintaqasi | UTC+8 |
Qisqartma | PO |
Telefon prefiksi | +853 |
Internet domeni | .mo |
|
Aomin – Xitoy janubi-sharqidagi maxsus maʼmuriy rayon (1999-yil 20-dekabrdan) Janubiy Xitoy dengizi sohilida, Chjutszyan daryosi quyilish joyida Aomin yarim orol, Xanszidao, Szyuao va boshqa bir qancha mayda orollarni oʻz ichiga oladi. Maydoni 18 km². Aholisi 430 ming kishi (1999) aksari qismi xitoylar va portugʻallar. Dindorlari budda diniga eʼtiqod qiladi, katoliklar ham bor. Maʼmuriy markazi va porti – Aomin (342 ming kishi, 1991). 1557-yilda Portugaliya Aominni Xitoydan ijaraga olgan. 1680-yildan Portugaliya mulki, 1951-yildan Portugaliyaning „dengiz ortidagi provinsiyasi“. Xitoy va Portugaliya hukumatlarining qoʻshma bayonotiga muvofiq (1987) Aomin 1999-yildan boshlab Xitoy suvereniteti ostiga oʻtdi. Iqtisodining asosini turizm bilan birga eksport uchun kiyim-kechak va boshqa toʻqimachilik buyumlari, elektron qismlar, oʻyinchoqlar ishlab chiqarish tashkil etadi. Aomin iqtisodi yana Xalqaro moliya-savdo operatsiyalarida vositachilik qilishga ham asoslangan. Baliq ovlanadi. Dengiz kurortlari, qimorxonalar bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |