Maʼmuriy huquqbuzarlik
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Maʼmuriy huquqbuzarlik -huquqbuzarlikning bir turi. Oʻzbekiston Respublikasi MJKga koʻra, qonun hujjatlariga binoan maʻmuriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi gʻayriqonuniy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida maʼmuriy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladigan ayb mavjud boʻladi. Qonunga koʻra, Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan paytda 16 yoshga toʻlgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik jinoyatdan ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab farqlanadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sudlanganlik holatini keltirib chiqarmaydi. Jinoyat faqat sud organlari tomonidan, Maʼmuriy huquqbuzarlik esa, sud organlaridan tashqari, bir qancha vakolatli davlat boshqaruvi organlari (mansabdor shaxslar) tomonidan ham koʻrib chiqiladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo choralari, jinoyat uchun jiddiy jazo qoʻllanadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga maʼmuriy javobgarlikni qoʻllash jarayoni soddalashtirilgan (mas, yoʻl harakati qoidasini buzgan shaxsga bitta bayonnoma tuzilishi bilan maʼmuriy jarima jazosini qoʻllash mumkin) va hakozo Erkin Hojiyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |