Mór Adler
Mór Adler | |
Tavalludi | 1826 |
Vafoti | 1902 |
Millati | venger |
Mór Adler (1826, Obuda — 1902, Budapesht) — venger rassomi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kelib chiqishi Yahudiy boʻlgan Adler venger rassomchiligining kashshoflaridan biri edi. U oʻzining portret va natyurmort janrlarida chizgan rasmlari bilan mashhur boʻlib, ularga ajoyib realistik tus bergan.
U Vena akademiyasiga tahsil olish uchun borgan Veyzenberger grafik sanʼat maktabining bir qancha talabalari orasida ajralib turgan. Bu yerda u 1842-1845-yillar orasida oʻsha paytdagi taniqli tarixiy va diniy rassomlar Ender va Kupelwieser qo‘l ostida saboq oladi. U umumiy kasalxonada shifokor uchun tibbiy mavzulardagi rasmlar bilan oʻzinining qobiliyatini shakllantirdi.
Keyin u Zimmermann va Schnorr von Carolsfeld asarlarini oʻrganish va Parij va Drollingda keyingi tadqiqotlar uchun Myunxenga yoʻl oldi.
U 1848-yilda Pestga joylashdi va u yerda oʻz karyerasining oxirigacha sanʼat olamining hurmatli shaxsiga aylanadi. U 1851-yilda „Pest Artists Group“ koʻrgazmasida natyurmort uslubidagi suratlari bilan qatnashgan va keyingi 58 yil davomida har yili ishtirok etadi. U uzoq vaqt Pestda qolishini faqat bir necha chet el mamlakatlariga, xususan Germaniya, Italiya va Fransiyaga safarlari hisobiga toʻxtatdi. Uning asarlari 1896-yilgi Vengriya ming yillik koʻrgazmasida va 1900-1901-yillardagi qishki koʻrgazmada (onasining mehrli tasviri) namoyish etildi.
Toʻplamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vengriya tarixiy portret galereyasi — Baron Jozsef Eotvos portreti, 1872 yil
- Tasviriy sanʼat muzeyi — natyurmort
- Ernst muzeyi — avtoportret
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vengriya Vikipediyasi
- Adler, Mór (vengercha) , Peter Ujvári (ed.) (1929), Magyar Zsidó Lexikon ("Vengriya yahudiy entsiklopediyasi"), jild. 1, p. 9
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tasvirlangan nekroloq (vengercha) , Károly Lyka (ed.) (1902), Művészet ("Sanʼat"), jild. 1 (6), bet. 422-424; Vengriya Tasviriy sanʼat akademiyasi kutubxonasi orqali.