Mérida (Yukatan)
Qiyofa
(Mérida, Yukatandan yoʻnaltirildi)
Mérida | |
---|---|
Shahar | |
20°58′12″N 89°37′12″W / 20.97000°N 89.62000°W | |
Mamlakat | Meksika |
Shtat | Yukatan |
Asos solingan | 1542 |
Aholisi (2016) |
892,363[1] |
Zichligi | 858.41 kishi/km2 |
|
Mérida — Meksikaning janubi-sharqiy qismidagi shahar. Yukatan yarim orolida, Yukatan shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 892 ming kishi (2016). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dagʻal tolali xeneken (agava) yetishtiriladigan yirik qishloq xoʻjaligi rayonining markazi. Toʻqimachilik (xenekenni qayta ishlash, arq-on ishlab chiqarish), oziq-ovqat, metallsozlik, ip gazlama, koʻn-poyabzal, sement sanoati korxonalari mavjud. Universitet, Yukatan arxeologiyasi va tarixi muzeyi bor. Turistlar koʻp keladi. Shaharga 6-yanvar 1542-yilda asos solingan. Meʼmoriy yodgorliklardan 16—18-asrlarda qurilgan binolar saqlangan.[2]
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Instituto Nacional de Estadística y Geografía. „Principales resultados por localidad (ITER)“ (deadlink) (2005). 22-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Mérida (Yukatan) haqida turkum mavjud |