Luis Mejía
Luis Ricardo Mejía Cajar (talaffuzi: Luis Rikardo Mejia Kajar) — panamalik futbolchi, „Fenix“ klubi va Panama terma jamoasi darvozaboni hisoblanadi.
Luis Mejía | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Luis Ricardo Mejía Cajar |
Tugʻilgan | 16-mart 1991-yil (31 yosh) Panama, Panama |
Fuqaroligi | Panama |
Boʻyi | 190 cm |
Vazni | 80 kg |
Pozitsiyasi | darvozabon |
Klub haqida maʼlumotlari | |
Klub | Fenix |
Raqami | 12 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Luis Mejía faoliyatini „Tauro“ klubida boshlagan. 2006-yilda u Panama chempionatida asosiy jamoa safida debyut qilgan. 2007-yilda Luis urugvayning „Fenix“ jamoasiga oʻtgan. Dastlabki uch mavsumda u zaxira jamoada oʻynagan. 2010-yil 21-avgustda „Tacuarembó“ qarshi oʻyinda Luis Mejía Urugvay Primerasida debyut qilgan[1]. 2011-yilda u fransiyalik „Tuluza“ga ijara asosida oʻtgan, ammo ikkinchi darvozabon boʻlgan va jamoada debyut oʻtkaza olmagan.
2015-yil oʻrtalarida Luis Mejía „Nacional“ga koʻchib oʻtgan. 28-fevral kuni „Plaza Colonia“ jamoasiga qarshi oʻyinda u yangi klub safida debyut qilgan[2]. Oʻsha yili Luis jamoaga chempionlikni qoʻlga kiritishga yordam bergan. Biroq, 2018-yilgacha Luis Mejía juda kamdan-kam hollarda maydonga tushgan. 2019-yilda u „Nacional“ning asosiy darvozaboni boʻldi va bu maqomda yana jamoasiga Urugvay chempioni boʻlishiga yordam berdi.
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Panama yoshlar terma jamoasi tarkibida Luis Mejía Kanada va Kolumbiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi.
2009-yil 7-iyunda Yamaykaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Lui Panama terma jamoasi safida debyut qilgan[3].
2011-yildaLuis Mejía KONKAKAF oltin kubogi uchun arizaga kiritilgan. Turnirda u Kanada terma jamoasiga qarshi duelda qatnashdi[4].
2013-yilda Luis terma jamoaga KONKAKAF Oltin kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. Turnirda u Kanada jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[5].
2015-yilda Lui KONKAKAF Oltin kubogining bronza medali sohibiga aylandi. Turnirda u AQSh terma jamoasi mezbonlariga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[6].
2019-yildaLuis Mejía KONKAKAF Oltin Kubogi uchun Panama terma jamoasiga kiritildi[7].
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mamlakat | Yil |
---|---|---|
Fénix | Urugvay | 2010-2011 |
Toulouse | Fransiya | 2011 |
Fénix | Urugvay | 2011-2015 |
Nacional | 2015-2020 | |
Fénix | 2021 | |
Unión Española | Chili | 2022 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Urugvay chempioni (3 karra): 2016, 2019, 2020
- Urugvay Superkubogi sohibi (1 karra): 2019
- KONKAKAF Oltin kubogi finalchisi (1 karra)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Феникс VS. Такуарембо 1:1“ (en). soccerway.com (2010-yil 21-avgust). 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
- ↑ „Пласа Колония VS. Насьональ 2:0“ (en). soccerway.com (2016-yil 28-fevral). 2018-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-fevral.
- ↑ „Ямайка VS. Панама 3:2“ (en). soccerway.com (2009-yil 7-iyun). 2015-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
- ↑ „Канада VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 15-iyun). 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
- ↑ „Панама VS. Канада 0:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 14-iyul). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-iyul.
- ↑ „США VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 25-iyul). 2015-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-iyul.
- ↑ Isaac Castillero Wilson. „Julio Dely Valdés define los convocados a Copa Oro“ (es). FEPAFUT - Federación Panameña de Fútbol (04 de junio de 2019). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 5-iyul.