Kontent qismiga oʻtish

Lugansk xalq respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Lugansk Xalq Respublikasidan yoʻnaltirildi)
Lugansk xalq respublikasi (LXR)
Луганская Народная Республика
Location of Lugansk xalq respublikasi
Poytaxt Lugansk
Eng katta shahar Lugansk
Rasmiy til(lar) Ruscha
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Rahbar
Leonid Pasechnik
• Oliy Kengash Prezidiumi raisi
Denis Miroshnichenko
Mustaqillik (Ukrainadan)
• Sana
27-aprel 2014-yil
Vaqt mintaqasi UTC+ 2
Qisqartma LXR

Lugansk xalq respublikasi (qis. LXR; ruscha: Луганская Народная Республика; ЛНР) — Sharqiy Yevropadagi tan olinmagan davlat[1]. DXR bilan bir qatorda u Donetsk toshkoʻmir havzasidagi tan olinmagan politiylardan biridir.

Ukrainalik, shuningdek, bir qator xalqaro ekspertlarning fikricha, Ukrainaning Lugansk viloyati hududining bu qismi LNR emas, balki Rossiya Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi[2].

2022-yil 21-fevral kuni oʻzini oʻzi mustaqil deb eʼlon qilgan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi rahbarlari Rossiya prezidentidan bu respublikalarni tan olishni soʻraydi.[3]

Shu kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin shoshilinch tarzda navbatdan tashqari RF Xavfsizlik kengashi yigʻilishini oʻtkazdi va DXR hamda LXRni mustaqil davlatlar sifatida tan olish boʻyicha qaror qabul qilishini aytdi.[4]

Hurmatli hamkasblar, fikringizni eshitdim. Qaror bugun qabul qilinadi

— V.V. Putin

 

Vladimir Putin, Denis Pushilin va Leonid Pasechnik Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan olish toʻgʻrisidagi hujjat hamda doʻstlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzoladi.

Allaqachon pishib-yetilgan qarorni qabul qilish: zudlik bilan Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasining mustaqilligi va suverenitetini tan olish zarur deb hisoblayman. Rossiya Federatsiyasi Federal majlisidan bu qarorni qoʻllab-quvvatlashini soʻrayman

— [5]

Venesuela Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Donbassda tinchlikni himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda respublika prezidenti Nikolas Maduro Venezolana de Televisión telekanali efirida aytib o‘tdi.[6]

Venesuela Rossiyada tinchlikni saqlash, o‘z xalqi va vatanini jasorat bilan himoya qilishda prezident Vladimir Putinni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qiladi. O‘zimizni ming marta takrorlangan yolg‘onga aldanib qolishimizga yo‘l qo‘ymaymiz. Putin tinchlik huquqi va o‘z xalqining qadr-qimmatini himoya qilishini yaxshi bilamiz.

— Nikolas Maduro
  1. Nina Caspersen. Making Peace with De Facto States(ingl.) // The Annual of Language and Language of Politics and Identity. — 2016. — Vol. 10. — P. 7—18. — ISSN 1805-3769. Архивировано 1 sentyabr 2017 года. — «Moreover, new contested territories that could be described as de facto states have emerged, most notably the Donetsk People’s Republic and the Luhansk People’s Republics in Ukraine. These two newest additions to the universe of de facto states have started to create some of the trappings of statehood, although the extent of „indigenous roots‟ is still debatable.“
  2. Огляд поточної ситуації збройного конфлікту на сході України та контекст окремих його проявів і наслідків: аналітичний звіт — 21-23-bet.  (Wayback Machine saytida 2022-01-01 sanasida arxivlangan)
  3. Указ Президента Российской Федерации № 72 «О признании Луганской Народной Республики» от 21 февраля 2022 года
  4. https://www.rbc.ru/politics/21/02/2022/6213a4dc9a7947343747490e?from=from_main_2
  5. https://www.rbc.ru/politics/21/02/2022/6213c3c09a794743cd4e5ebf?from=from_main_1
  6. https://www.vtv.gob.ve/venezuela-rechaza-planes-agresion-militar-atentar-rusia/