Ludditlar harakati
Ushbu nomdagi musiqa uchun bu sahifani koʻring: Luddite (EP)
Ushbu mavzu bilan adashtirilmasin: Ludites
Ludditlar 19-asrda toʻqimachilik mashinalarini yoʻq qilish maqsadida radikal guruh tuzgan ingliz toʻqimachilik ishchilarining yashirin qasamyodiga asoslangan tashkilotdir[1]. Guruh oʻz nomini Lester yaqinidagi Anstey shahridan boʻlgan afsonaviy toʻquvchi Ned Ludddan olgan deb ishoniladi. Ludditlar oʻzlari „yolgʻon va firibgarlik“ deb atovchi, standart mehnat faoliyatini butkul oʻzgartiruvchi tikuv mashinalarini ishlab chiqaruvchilarga qarshi norozilik bildirshgan[2]. Ludditlar oʻz qoʻl mehnati mahoratlarini oʻrganish uchun sarflagan koʻp vaqtlari bekor ketishidan qoʻrqishadi, sababi tikuv mashinalari toʻqimachilik sanoatidagi ularning yaʼni insonlarning oʻrnini egallar edi[3].
Ludditlarning koʻplab qismini yopilgan ustaxonalarning egalari tashkil qilar edi, chunki fabrikalar ularning mahsulotiga oʻxshash mahsulotlarni arzonroqqa sotishlari mumkin edi. Lekin fabrikalarda mahulot ishlab chiqarishda inson mehnatidan juda oz miqdorda foydalanganligi sabab ustaxona egalari zavodlardan ish topishlari juda mushkul edi. Ushbu holat koʻplab odamlarni ishsiz qoldirdi va gʻazablantirdi[4].
Ludditlar harakati Angliyaning Nottingem shahrida 1811-yildan 1816-yilgacha davom etgan va butun mamlakatni qamrab olgan[5]. Zavod va fabrika egalari namoyishchilarni oʻqqa tutdilar. Bora-bora bu harakat qonuniy va harbiy kuch bilan bostirildi, keyinchalik ayblanuvchi va sudlangan ludditlar qatl etildi yoki surgun qilinish bilan jazolandi. Vaqt oʻtishi bilan bu atama sanoatlashtirish, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish yoki umuman yangi texnologiyalarga qarshilik holatlari uchun ishlatila boshlangan[6].
Etimologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Luddit nomining kelib chiqishi noaniqdir. Koʻp tarqalgan versiya esa harakat 1779-yilda ikkita paypoq qolipini sindirib tashlagan va nomi mashina buzgʻunchilarining ramziga aylangan Ned Ludd sharafiga nomlanganidir. Biroq, Ned Ludd butunlay toʻqima obraz boʻlgan va hukumatni taajjublantirish va qoʻzgʻatish usuli sifatida ishlatilgan boʻlish ehtimoli mavjud[7][8][9]. Keyinchalik bu ism general Ludd yoki qirol Ludd sifatida taniladi, xalq orasida u Robin Gud kabi Shervud oʻrmonida yashashi aytiladi[10].
Monmutlik Jefrining afsonaviy Britaniya qirollari tarixi va boshqa oʻrta asrlardagi Uels matnlariga koʻra „Lud“ yoki „Ludd“ Rimgacha boʻlgan davrda Britaniya orollarining kelt qiroli boʻlgan, u goʻyoki Londonga asos solgan va Ludgeytda dafn etilgan deya ishoniladi[11].
Tarixiy oʻxshashliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu qoʻzgʻolon boshlanishiga sabab boʻlgan ixtiro 1801-yilda Jozef-Mari Jakkard tomonidan yaratilgan jakkard toʻquv dastgohi edi. U dastgohdagi naqsh tushirishni boshqaradigan perfokartalar tizimini ishlab chiqdi; tabiiy ravishda ularni „jakkard kartalari“ deb ataydi[12][13][14].
Hukumat jazolari oʻta qattiqligi sabab, XVIII asrning quyi tabaqa aholisi qirol yoki hukumatga ochiqdan-ochiq sodiq boʻlmasa-da,[15] zoʻravonlik harakatlari kamdan-kam uchragan. Aksariyat odamlar birinchi navbatda oʻzlarining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun ishlashgan[16]. Oʻsha paytda ingliz toʻqimachilik fabrikalarida ish sharoitlari ogʻir edi, ammo malakali hunarmandlarning turmush tarziga tahdid soladigan darajada taʼsir koʻrsatmas edi[17]. Yangi ixtirolar esa toʻqimachilik mahsulotlarini tezroq va arzonroq ishlab chiqara boshlaydi, chunki ular tajribasiz, kam maosh oluvchi ishchilar tomonidan ham boshqarilishi mumkin edi. Bu holat keyinchalik mamlakatda ishsizlik suratini tezlashtirib yuborgan.
Kevin Binfild toʻquvchilarning uyushtirilgan harakatlari 1675-yildan beri turli vaqtlarda sodir boʻlganligini taʼkidlaydi va u XIX asr boshidagi harakatlarni, mashinalarga butunlay nafrat tushnchasidan koʻra, Napoleon urushlari paytida ishchilar sinfi boshidan kechirgan qiyinchiliklar uchun norozilik harakati sifatida koʻrishni taklif qiladi[18][19][20]. Oziq-ovqat narxlarining tartibsiz oʻsishi 1710-yilda Kilmenlarning Tayn portida qoʻzgʻoloniga olib keldi[21] va 1727-yilda esa qalay konchilar Falmouthdagi don omborlariga oʻgʻrilikka tushishdi. 1740-yilda Northumberland va Durhamda qoʻzgʻolon koʻtarildi va 1756-yilda Quakerda makkajoʻxori sotuvchilarga ham hujum qilindi. Gazlamachilik, qurilish, kemasozlik, matbaachilik va qandolatchilik kabi sohalardagi mohir hunarmandlar ishsizlik, kasallik va mehnat bozoriga chet el ishchilarining kirib kelishidan oʻzlarini tinch yoʻl bilan sugʻurta qilish uchun doʻstlik jamiyatlarini tashkil qilganlar[22] [lower-alpha 1].
Zamonaviy foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi kunda „Luddit“ yoki „luddizm“ atamasi koʻpincha yangi texnologiyalarga qarshi yoki qarshilik koʻrsatuvchi odamni tasvirlash uchun ishlatiladi[23].
1956-yilda Britaniya Parlamentidagi munozaralar chogʻida leyboristlar vakili - „uyushgan ishchilar har qanday holda ham „Luddit falsafasi“ga toʻlaqonli ishonmaganʻʻ, deya ushbu atamani eslab oʻtadi[24]. 2006-yilga kelib, neo-luddizm atamasi texnologiyaning koʻp shakllariga qarshilikni ifodalash uchun ishlatila boshlandi[25]. Ikkinchi Luddit Kongressi tomonidan tuzilgan manifestga koʻra (1996-yil aprel; Barnesvill, Ogayo shtati), neo-Luddizm, bu - „isteʼmolchilikka va kompyuter asrining tobora gʻalati va qoʻrqinchli texnologiyalariga passiv qarshilik koʻrsatishning yetakchisiz harakatiʻʻ[26].
„Luddit nodonligiʻʻ atamasi iqtisodchilar tomonidan texnologik ishsizlik muqarrar ravishda tarkibiy ishsizlikni keltirib chiqaradi va natijada makroiqtisodiy zarar keltrishi haqidagi qoʻrquvga nisbatan qoʻllanadi. Agar texnologik innovatsiya maʼlum bir tarmoqda zarur mehnat sarfini kamaytirishga olib keladigan boʻlsa, u holda ishlab chiqarishda mahsulot tannarxi pasayadi, bu esa raqobatbardosh narxni ham pasaytiradi va muvozanatli taklif nuqtasini oshiradi, bu nazariy jihatdan yalpi mehnat sarfini koʻpaytirishni talab qiladi[27]. XX asr va XXI asrning birinchi dekadasida iqtisodchilar orasida uzoq muddatli texnologik ishsizlikka ishonish haqiqatan ham notoʻgʻri ekanligi haqidagi fikr mutlaq qarashga ega edi. Hozirgi vaqtda sanoatni avtomatlashtirishning afzalliklari butkul teng taqsimlanmagan degan fikrni qoʻllab-quvvatlovchilar koʻpchilikni tashkil qiladi[28][29][30].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Byrne, Richard (August 2013). "A Nod to Ned Ludd" (en-US). The Baffler 23 (23): 120–128. doi:10.1162/BFLR_a_00183. https://thebaffler.com/salvos/a-nod-to-ned-ludd. Qaraldi: 6 November 2018.Ludditlar harakati]]
- ↑ Conniff, Richard. „What the Luddites Really Fought Against“ (en). Smithsonian (2011-yil mart). Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Who were the Luddites?“. History.com. Qaraldi: 2016-yil 12-dekabr.
- ↑ „Economix Comix“ (en-US). economixcomix.com (2012-yil 25-iyun). Qaraldi: 2021-yil 8-oktyabr.
- ↑ Linton, David (Fall 1992). "THE LUDDITES: How Did They Get That Bad Reputation?". Labor History 33 (4): 529–537. doi:10.1080/00236569200890281. ISSN 0023-656X.
- ↑ „Luddite“ (Wayback Machine saytida 2021-02-20 sanasida arxivlangan). Compact Oxford English Dictionary at AskOxford.com. Accessed 22 February 2010.
- ↑ Anstey at Welcome to Leicester (visitoruk.com) According to this source, „A half-witted Anstey lad, Ned Ludlam or Ned Ludd, gave his name to the Luddites, who in the 1800s followed his earlier example by expressing violence against machinery in protest against the Industrial Revolution.“ It is a known theory that Ned Ludd was the group leader of the Luddites.
- ↑ Palmer, Roy, 1998, The Sound of History: Songs and Social Comment, Oxford University Press, ISBN 978-0-19-215890-1, p. 103
- ↑ Chambers, Robert (2004), Book of Days: A Miscellany of Popular Antiquities in Connection with the Calendar, Part 1, Kessinger, ISBN 978-0-7661-8338-4, p. 357
- ↑ „Power, Politics and Protest | the Luddites“. The National Archives. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
- ↑ Geoffrey of Monmouth, Historia Regum Britanniae 3.20
- ↑ „1801: Punched cards control Jacquard loom | the Storage Engine | Computer History Museum“.
- ↑ „Luddites Smashed Looms then and Resist Automation today“.
- ↑ „Original Luddites were weavers displaced by power looms 200 years ago“ (2013-yil 25-yanvar).
- ↑ Robert Featherstone Wearmouth. Methodism and the common people of the eighteenth century. Epworth Press, 1945 — 51-bet. Qaraldi: 2013-yil 21-aprel.
- ↑ R. F. Wearmouth, Methodism and the Common People of the Eighteenth Century. (1945), esp. chs. 1 and 2.
- ↑ Clancy, Brett (October 2017). "Rebel or Rioter? Luddites Then and Now.". Society 54 (5): 392–398. doi:10.1007/s12115-017-0161-6. ISSN 0147-2011.
- ↑ Binfield, Kevin. Luddites and Luddism. Baltimore and London: The Johns Hopkins University Press, 2004.
- ↑ Rude, George. The Crowd in History: A Study of Popular Disturbances in France and England, 1730–1848. Serif, 2001.
- ↑ Thomis, Malcolm. The Luddites: Machine Breaking in Regency England. Shocken, 1970.
- ↑ „Historical events – 1685–1782 | Historical Account of Newcastle-upon-Tyne (pp. 47–65)“. British History Online (2003-yil 22-iyun). Qaraldi: 2013-yil 4-oktyabr.
- ↑ Charles Wilson, England’s Apprenticeship, 1603-1763 (1965), pp. 344-45. PRO, SP 36/4/22.
- ↑ „Luddite Definition & Meaning | Dictionary.com“.
- ↑ Sale 1995.
- ↑ Jones 2006.
- ↑ Sale, Kirkpatrick. „America's New Luddites“ (en). Le Monde diplomatique (1997-yil 1-fevral). 2002-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Jerome, Harry. Mechanization in Industry, National Bureau of Economic Research, 1934 — 32–35-bet.
- ↑ Krugman, Paul. „Sympathy for the Luddites“. The New York Times (2013-yil 12-iyun). Qaraldi: 2015-yil 14-iyul.
- ↑ Ford 2009, Chpt 3, 'The Luddite Fallacy'
- ↑ Lord Skidelsky. „Death to Machines?“. Project Syndicate (2013-yil 12-iyun). Qaraldi: 2015-yil 14-iyul.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ford, Martin R. (2009), The Lights in the Tunnel: Automation, Accelerating Technology and the Economy of the Future, Acculant Publishing, ISBN 978-1448569814. (e-book available free online.)
- Luddite Bicentenary – Comprehensive chronicle of the Luddite uprisings
- The Luddite Link – Comprehensive historical resources for the original West Yorkshire Luddites, University of Huddersfield
- Luddism and the Neo-Luddite Reaction by Martin Ryder, University of Colorado at Denver School of Education
- The Luddites and the Combination Acts from the Marxists Internet Archive
- The Luddites (1988)—Thames Television drama-documentary about the West Riding Luddites.
- Binfield, Kevin. Writings of the Luddites. JHU Press, 2004. ISBN 0-8018-7612-5.
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/>
tag was found