Luca Lanotte
Luca Lanotte | |
---|---|
Cappellini va Lanotte 2011-yilda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Italiya |
Tavalludi |
30-iyul 1985-yil Milan, Italiya |
Yashash joyi | Milan |
Boʻyi | 1.78 m (5 ft 10 in) |
Sherigi | Anna Cappellini |
Jamoasi | Fiamme Azzurre |
Uchishni boshlagan | 1992 |
Yakunlagan | 2018 |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) | 192.08 |
Qisqa raqs | 77.46 |
Erkin raqs | 114.62 |
Luca Lanotte (talaffuzi: Luka Lanotte; 1985-yil 30-iyulda tugʻilgan) — muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashuvchi italiyalik muz raqqosi. Sherigi Anna Cappellini bilan birga 2014-yilgi Jahon chempioni, 2014-yilgi Yevropa chempioni, 2015 Cup of Chinamusobaqasining chempioni va Gran-pri seriyasida oʻn uch karra medal sovrindori hamda yetti karra Italiyaning milliy chempioni (2012 — 2018) boʻlgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Luca Lanotte 1985-yil 30-iyulda Italiyaning Milan shahrida tugʻilgan. U muz raqqosasi Eve Bentley bilan oila qurgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Luca Lanotte yetti yoshida konkida uchishni boshlagan va o‘n yoshida yakka holda konkida uchishdan muz raqsiga o‘tgan. U Adriana Jovino, Camilla Spelta va Camilla Pistorello bilan juftlikda konkida uchib, Pistorello bilan birga oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasida toʻqqizinchi oʻrinni egallagan.
Cappellini bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Luca Lanotte 2005-yil may oyida Cappellini bilan juftlik hosil qilgan[1]. Oʻsmirlar oʻrtasidagi kuchli mavsumdan soʻng, Cappellini / Lanotte juftligi 2006 — 2007-yillarda kattalar toifasida musobaqalarda debyut qilgan[2]. Juftlik oʻzining birinchi Yevropa chempionatida 8-oʻrinni egallagan. Navbatdagi Jahon chempionati musobaqasi oldidan Cappellini chap yelkasidan jarohat olgan. Juftlik Jahon chempionatidagi erkin raqs namoyishida yiqilib, 13-oʻrindan joy olgan[3].
2007 — 2008-yillarda Cappellini / Lanotte jufligi oʻzining birinchi Gran-pri medalini — Skate Canada turnirining kumush medalini qoʻlga kiritgan, Yevropa chempionatida yettinchi oʻringa koʻtarilgan va Jahon chempionatida kuchli oʻntalikka kirgan[4].
Cappellini / Lanotte juftligi 2008 — 2009-yillarda Gran-pri musobaqalarining birortasida ham medal olmagan, ammo Yevropa chempionatida 5-o‘ringa ko‘tarilgan va Jahon chempionatida yana o‘ninchi o‘rinni egallagan. Mavsum oraligʻida ular murabbiylarni almashtirishga qaror qilishgan va murabbiylar Muriel Boucher-Zazoui va Romain Haguenauer bilan mashgʻulotlar oʻtkazish uchun Fransiyaning Lion shahriga koʻchib oʻtishgan.
2011 — 2012
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cappellini / Lanotte juftligi 2011 Skate Canada International va 2011 Trophee Erik Bompard musobaqalarida ishtirok etib, bronza medallarini qoʻlga kiritgan. Birinchi milliy chempionlikni qoʻlga kiritgandan soʻng, juftlik2012-yilgi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lanotte bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2017 — 2018 |
|
|
2016 — 2017 |
|
Charlie Chaplin medley:
|
2015 — 2016 |
|
Fellini medley:
|
2014 — 2015 |
|
|
2013 — 2014 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Lanotte bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Musobaqa | 05 — 06 | 06 — 07 | 07 — 08 | 08 — 09 | 09 — 10 | 10 — 11 | 11 — 12 | 12 — 13 | 13 — 14 | 14 — 15 | 15 — 16 | 16 — 17 | 17 — 18 |
Olimpiada | 12 | 6 | 6 | ||||||||||
Jahon chempionati | 13 | 10 | 10 | 11 | 8 | 6 | 4 | 1 | 4 | 4 | 6 | 4 | |
Yevropa chempionati | 8 | 7 | 5 | 6 | 4 | 3 | 1 | 2 | 2 | 2 | 4 | ||
Universiada | 1 | ||||||||||||
Bavarian Open | 1 | ||||||||||||
Finlandia | 2 | ||||||||||||
Nebelhorn | 2 | ||||||||||||
Lombardia | 1 | ||||||||||||
Mont Blanc | 1 | ||||||||||||
Xalqaro: Oʻsmirlar | |||||||||||||
Jahon chempionati | 4 | ||||||||||||
JGP Final | 3 | ||||||||||||
JGP Bulgariya | 2 | ||||||||||||
JGP Slovakiya | 2 | ||||||||||||
Milliy | |||||||||||||
Italiya chempionati | 1 J. | 2 | 2 | 2 | 2 | WD | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 |
J. = Oʻsmirlar darajasi; WD = Musobaqani tark etgan |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Anna CAPPELLINI / Luca LANOTTE: 2005/2006“. International Skating Union. 2006-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Competition Results: Anna CAPPELLINI / Luca LANOTTE“. International Skating Union.
- ↑ „Anna CAPPELLINI / Matteo ZANNI: 2004/2005“. International Skating Union. 2005-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Anna CAPPELLINI / Matteo ZANNI: 2003/2004“. International Skating Union. 2004-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan.