Lub
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Lub, floema — oʻsimliklarning poya va ildizlarida kambiy bilan peritsikl orasida joylashgan (oʻtkazuvchi, yaʼni toʻrsimon naycha va lub parenxima tolalaridan iborat) toʻqimalar kompleksi. L.ning asosiy funksiyasi — hosil qilingan organik moddalarni tana boʻylab tarqatish. L., koʻpincha, zaxira oziq moddalarning toʻplanish joyi boʻlib ham xizmat qiladi. L.ning asosiy anatomik elementa — toʻrsimon naychalarda moddalar harakatlanadi.
Bunday naychalar hujayralari tirik boʻlib, ularda moddalar almashinuvi roʻy beradi. Hujay-ralar orasidagi toʻsiqlarda hujayralarni bir-biri bilan bogʻlab turadigan elaksimon plastinkalar mavjud. L.ning parenxima hujayralarida zaxira va chiqindi moddalar (kraxmal, oqsil, oshlovchi moddalar, kauchuk, alkaloidlar, efir moylari va boshqa, shuningdek, mineral tuzlar) qatlami hosil boʻladi. L. tolalari qalin pusti choʻziq hujayralardan iborat boʻlib, mexanik funksiyani bajaradi. Ular odatda, lub tolalari deb ataladi. Birlamchi vaikkilamchi L. ajratiladi. Birlamchi L., odatda, toʻrsimon va lub parenximasidan iborat boʻlib, boshlangʻich tuzuvchi toʻqima — prokambiydan vujudga keladi. Birlamchi L., asosan, qirqquloklar, plaunlar, qirq-boʻgʻimlar, yopiq urugʻlilardan birpallalilarda boʻladi. Ikkilamchi L. koʻproq ochiq urugʻli va ikki urugʻpallali oʻsimliklarda, birlamchi L.ga qoʻshimcha holda vujudga keladi. Koʻp daraxtlarda L.ning eski qismlari yosh qismlaridan ajralib qolib, asta-sekin daraxt poʻstlogʻiga aylanadi va vaqt oʻtishi bilan nobud boʻladi.
Baʼzi oʻsimliklarda L. toʻqimasi juda rivojlangan boʻlib, qoʻshni tuqimalardan osongina ajraladi. Undan pishiq tola olsa boʻladi. Kanop, jut, zigʻir, nasha va boshqa tolali oʻsimliklarning poʻstloq qismida uzun L. tolalari joylashgan. Tolalarni ajratib olish uchun oʻsimliklarning poʻstlogʻi (mas, kanop oʻsimligi poʻstlogʻi) poyadan mashinalar yordamida shilib olinib quritiladi va L. zavodlariga topshiriladi. U yerda maxsus texnologiya boʻyicha ishlanib, tolalar ajratib olinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |