Kontent qismiga oʻtish

Lone Tree (Colorado)

Koordinatalari: 39°32′56.0″N 104°53′34.8″W / 39.548889°N 104.893000°W / 39.548889; -104.893000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lone Tree, Colorado
Uy boshqaruvi munitsipaliteti[1]
Skyline of Lone Tree, Colorado
39°32′56.0″N 104°53′34.8″W / 39.548889°N 104.893000°W / 39.548889; -104.893000
Mamlakat AQSh
Maydon 9.69 km2 (3.74 kv mi)
Aholisi
 (2010-yil)
10 218
Zichligi 1369.13 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTCMST
Lone Tree, Colorado xaritada
Lone Tree, Colorado
Lone Tree, Colorado

Lone Tree shahri — AQShning Kolorado shtatidagi Duglas okrugining shimolida joylashgan uy boshqaruvi munitsipaliteti hisoblanadi. Lone Tree Denver-Aurora-Leykvud, CO Metropolitan statistik hududining bir qismidir. 2010-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish vaqtida shahar aholisi 10218 kishini tashkil etgan[2], 2019-yilda aholining soni tahminan 13082 kishidan iborat boʻlgan.

Lone Tree munitsipaliteti Duglas okrugining shimoliy chegarasida, Arapahoe okrugiga bevosita tutash hududda joylashgan. U Denverning janubiy metro hududida, Denver shahri markazidan 18 milya (29 km) janubda oʻrin egallagan.

Shahar 2017-yilda sobiq Kolorado Janubiy Denver universiteti kampusi hududini anneksiya (oʻzlashtirish) qilib olgan[3].

Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosi maʼlumotlariga koʻra, shaharning umumiy maydoni 9.6 kvadrat milya (24.8 km2) ni tashkil qiladi va bu hududning hammasi quruqlikda joylashgan[2].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aholi o‘sish tarixi
Yil Aholi
20004 873
201010 2181 097%
2019 (est.)13 082[4]280%
AQSh aholisini roʻyxatga olish[5]

2000-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, shaharda 4873 kishi, 1848 xonadon va 1367 oila istiqomat qilgan. Aholi zichligi 2,827.2 inhabitants per square mile (1,091.6/km2) ga teng boʻlib, oʻrtacha 1105,8 zichlikdagi 1906 ta uy-joy mavjud. Shaharning irqiy tarkibi 91,55 % oq, 1,48 % afro-amerikalik, 0,25 % tubjoy amerikalik, 3,69 % osiyolik, 0,04 % Tinch okeani orollari, 1,31 % boshqa irqlardan va 1,68 % ikki yoki undan ortiq irqqa mansub aholidan tashkil topgan. Har qanday irqga mansub ispan yoki latinolar umumiy aholining 4,58 % ni tashkil etadi.

1848 ta uy xoʻjaliklari boʻlib, ulardan 38,7 %i 18 yoshgacha boʻlgan bolalari bor oilalar, 67.0 %i er-xotinlar, 4,9 %i turmush oʻrtogʻi boʻlmaganlar, 26.0 %i oilasi yoʻqlardan tashkil topgan. Barcha uy xoʻjaliklarining 19,5 % jismoniy shaxslardan tashkil topgan va 1,7 % 65 yosh va undan katta boʻlgan yolgʻiz yashaydigan qariyalardir. Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha kattaligi 2,64, oilaning oʻrtacha kattaligi 3,08 kishidan iborat.

Shaharda aholining yosh darajasi xilma-xil boʻlib, 28,3 % 18 yoshgacha, 5,4 % 18 yoshdan 24 yoshgacha, 34,5 % 25 yoshdan 44 yoshgacha, 28,0 % 45 yoshdan 64 yoshgacha, 3,9 % 65 yosh yoki yoshi kattaroq aholi hisoblanadi. Oʻrtacha umr yoshi 37 yoshdir. Har 100 ayolga 98,4 nafar erkak toʻgʻri keladi. 18 va undan katta yoshdagi har 100 ayolga 94,7 nafar erkak toʻgʻri keladi.

Shahardagi uy xoʻjaliklarining oʻrtacha daromadi 96 308 dollarni, oilaning oʻrtacha daromadi esa 109 003 dollarni tashkil etadi. Erkaklar oʻrtacha daromadi 90,690 dollarni, ayollarniki esa 43,125 dollarni tashkil qilishi hisoblangan. Shaharning jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadi 46,287 dollarni tashkil etadi. Oilalarning qariyb 1,2 foizi va aholining 1,4 foizi, shu jumladan 18 yoshgacha boʻlganlarning 1,5 foizi va 65 va undan katta yoshdagilarning 3,7 foizi qashshoqlik chegarasidan past boʻlgan aholi hisoblanadi.

2014-yilda Kolorado shtatidagi Lone Tree aholisi 12 779 kishini tashkil qilgan. Lone Tree Koloradodagi eng tez rivojlanayotgan hududlardan biri boʻlib, Duglas okrugida va Janubiy Metro Denver hududida joylashgan.

Magistral yoʻllar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlatlararo 25-magistral shaharni ikkiga boʻlib, toʻrtta chiqish yoʻlariga ega

  • Chiqish 192 (RidgeGate Parkway)
  • Chiqish 193 (Linkoln prospekti)
  • Chiqish 194 (Kolorado shtati avtomagistrali 470 / E-470)
  • Chiqish 195 (tuman liniyasi yoʻli)

Kolorado shtat avtomagistrali 470 (odatda C-470 nomi bilan tanilgan) shuningdek, shaharni ikki hududga ajratadi va I-25 oʻtish joyidan boshqa, Yosemite koʻchasi orqali Lone Tree-ga kirishni ham taʼminlaydi.

Jamoat transporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

RTD Bus & Rail jamiyati Lone Tree-da E Line, F Line va R Line singari yoʻnalishlarning beshta toʻxtash joyini amalga oshiradi (County Line, Linkoln, Sky Ridge Medical Center, Lone Tree City Center va Ridgegate Parkway toʻxtash nuqtalari).

Lone Tree Link ish kunlarida Park Meadows Drive boʻylab bepul avtobus xizmatini amalga oshiradi, bunda Linkoln stansiyasiga va shaharning boshqa toʻrtta bekatiga borish imkoni mavjud[6].

Savdo rastalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Park Meadows koʻplab restoranlarni, jumladan P.F. Chang's va Red Robin kabi taniqli brendlarni oʻz ichiga oladi. Boshqa ovqatlanish variantlari orasida Five Guys Burger and Frilari, Chipotle, Costa Vida, John Holly’s, MAD Greens, McDonald's, Noodles & Company va In-N-Out Burger kabi food kortlar mavjud.

Lone Tree Koloradodagi eng mashhur nonushta zanjirlaridan biri, Snooze boʻlib, uning menyusidagi taomlar mahalliy ingredientlardan tayyorlanadi va butun mamlakat boʻylab keng tarqalib bormoqda. Lone Tree-ning Denver shahar markaziga yaqinligi, shuningdek, shahar faoliyati va restoranlarni qulay oʻrnashuvi bunga imkon yaratadi. Lone Tree-da bir nechta oziq-ovqat doʻkonlari va chakana savdo korxonalari, jumladan Costco, Safeway va Target kabilar faoliyat olib boradi[7].

Sky Ridge tibbiyot markazi va ER markazi Lone Treeda joylashgan. Sky Ridge 2013-2014-yillarda ekstremal kengaytirish harakatlarini amalga oshirdi. Sky Ridge turli xil shifoxona mutaxassisliklarini oʻz ichiga oladi va Charles Schwab majmuasi yaqinidagi Yosemitda joylashgan. Jismoniy salomatlik va mashq qilish uchun Lone Tree-da Lone Tree dam olish markazi faoliayt yuritadi. Dam olish markazida yopiq suzish havzasi, koʻplab sport zallari va mashgʻulotlar amalga oshirish uchun imkoniyatlar mavjud[7].

Oʻyin-kulgi manzilgohlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lone Tree-ning yopiq koʻngilochar majmualari orasiga Bowlero Bowling Alley va Party Venue, iFly Indoor Skydiving Facility va UAMeadows 12 kinoteatri kabilar kiradi. 

Lone Tree — Park Meadowsning uyi hamdir. 185 dan ortiq doʻkon va restoranlarga ega mazkur hudud, Koloradodagi eng yirik savdo markazi boʻlib, u yerda American Girl, Apple, Crate & Barrel, L.L. Bean, lululemon, Michael Kors, Nordstrom va Williams Sonoma kabi turli xil doʻkonlar oʻrin egallagan. Park Meadows togʻ lojasi meʼmoriy uslubida qurilgan[8]. Bu asosan yopiq savdo markazi boʻlsa-da, „Vistalar“ deb nomlangan ochiq boʻlimlari ham mavjud[9].

Lone Tree katta golf maydoni va mehmonxona hududiga ega. Lone Tree hududida koʻplab yugurish yoʻlaklaridan va aholi va tashrif buyuruvchilar uchun velosiped yoʻllari mavjud. Shaharning janubiy qismidagi ushbu yoʻllar bilan bir qatorda piyodalar sayohat qilish imkoniyatlarini beruvchi kichik tratuarlar ham mavjud. Lone Tree Red Rocks -dan taxminan 30 daqiqa masofada joylashgan boʻlib, u koʻproq piyoda yurish, velosipedda sayr qilish va yugurish yoʻllari, shuningdek, ochiq konsertlar uchun arenalarga ham ega[7].

Taniqli odamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Active Colorado Municipalities“. State of Colorado, Colorado Department of Local Affairs, Division of Local Government. Qaraldi: 2021-yil 27-yanvar.
  2. 2,0 2,1 „Geographic Identifiers: 2010 Demographic Profile Data (G001): Lone Tree city, Colorado“. U.S. Census Bureau, American Factfinder. Qaraldi: 2015-yil 15-oktyabr.
  3. Mason, Stephanie. „Lone Tree annexes CU South Denver“. Centennial Citizen (2017-yil 28-mart). 2018-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-iyun.
  4. „Population and Housing Unit Estimates“. Qaraldi: 2020-yil 21-may.
  5. „Census of Population and Housing“. Census.gov. Qaraldi: 2015-yil 4-iyun.
  6. „Link On Demand“. City of Lone Tree.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Lone Tree, Colorado“. weebly.com.
  8. „Park Meadows“ (en). brookfieldproperties.com. Qaraldi: 2021-yil 6-oktyabr.
  9. „The Vistas at Park Meadows“. Living in the Denver Suburbs (2008). Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.