London eye
London Eye yoki Millennium Wheel, konsolli kuzatuv gʻildiraki Londondagi Temza daryosining Janubiy sohilida joylashgan. U Yevropaning eng baland kuzatuv charxpalagi boʻlib, yiliga uch million tashrif buyuruvchilar bilan Buyuk Britaniyaning eng mashhur pullik turist atroksioni hisoblanadi. U ommabop madaniyatda ham koʻp koʻrinish bergan.
Inshoot 135 metr (443 ft) uzunlikda boʻlib, gʻildirak diametri 120 metr (394 ft)ni tashkil etadi. 2000-yilda omma uchun ochilgan paytda u dunyoning eng katta Ferris gʻildiragi edi. 2022-yil 140 metrli (459 ft) Sun of Moscow, 2006-yilda 160metrli (525 ft) Star of Nanchang, 2008-yili 165 metrli (541 ft) Singapore Flyer, 2014-yil 167metrli (548 ft) High Roller(Las Vegas) va 2021-yili 250 metrli (820 ft) Ain Dubai uning balandligini ortda qoldirdi. Boshqa balandroq misollardan farqli oʻlaroq, faqatgina bir tomondan A-frame bilan tirab turiladi va unga oʻz operatorlari tomonidan "dunyoning eng katta charxpalagi" degan nom berilgan. 2013-yilning boshlaridagi The Shard ning 72-qavatidagi 245metrli (804 ft) kuzatuv palubasi takomillashtirilmaguncha The Eye Londonni kuzatish mumkin boʻlgan eng baland nuqtasi hisoblangan.
London Eye Jubilee Gardensning g`arbiy uchini (oldingi Dome of Discovery) Temza daryosing G`arbiy qirg`og`idagi Westminister Bridge va Hungerford Bridge o`rtasidagi County Hall yonidagi London Borough of Lambethga tutashgan. Eng yaqin metro stansiyasi Waterloo.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dizayn va tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]London Eyening dizaynini Marks Barfieldning Julia Barfield va David Marks tomonidan tuzilgan er-xotin jamosi ishlab chiqqan.
Mace qurilish ishlari uchun mas`ul bolib, Hollandia asosiy poʻlat pudratchisi va Tilbury Douglas fuqaro pudratchisi sifatida faoliyat koʻrsatishgan. Maslahatchi muhandislar Tony Gee&Partners fundament ishlarini dizaynlashtirishgan va Beckett Rankine suv ishlarinining dizayni bilan shugʻullanishgan.
Nataniel lichfield va Hamkorlar Tussauds Guruhiga Temzaning janubiy qirgʻogʻidagi devorni oʻzgartirish uchun reja qilish va qurilish roziligini olishga yordam berishgan.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |