Kontent qismiga oʻtish

Lola rennt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lola rennt
Lola yugurmoqda

German tilidagi poster
Rejissyor(lar) Tom Tykwer
Prodyuser(lar) Stefan Arndt
Ssenariynavis(lar) Tom Tykwer
Rollarda Franka Potente
Moritz Bleibtreu
Sharhlovchi(lar) Hans Paetsch
Bastakor(lar) Tom Tykwer
Johnny Klimek
Reinhold Heil
Kinematografiya Frank Griebe
Muharrir(lar) Mathilde Bonnefoy
Distribyutor Sony Pictures Classics
Chiqarilgan sanasi Germaniya 20-avgust, 1998,
Qoʻshma Shtatlar 18-iyun, 1999,
Avstraliya 20-oktabr, 1999
Birlashgan Qirollik 27-oktabr, 1999
Davomiyligi 76 daqiqa
Mamlakat Germaniya
Tillar Germancha
Inglizcha
Yaponcha
Byudjeti DEM 3,500,000 (taxminan)

Lola rennt (German tilidan tarjimasi: Lola yugurmoqda), 1998-yilda german rejissori va dramaturgi Tom Tykwer tomonidan suratga olingan badiiy film. Filmda bosh rollarni Franka Potente va Moritz Bleibtreu ijro etishgan.

Voqea Berlinda boʻlib oʻtadi. Lola ismli qizning jinoiy toʻdaga oʻralashib qolgan Manni ismli yigiti 100 ming olmon markasini yoʻqotib qoʻyadi. U Lolaga qoʻngʻiroq qilib, agar pul 20 daqiqa ichida topilmasa, uni toʻda boshligʻi oʻldirajagini aytib, yordam soʻraydi. Lola bu xabardan shoshib qolib, Mannining yoniga yuguradi. Film Lolaning 100 ming marka pul topish uchun yelib-yugurishlarini hikoya qiladi. Bunda Lolaning yugurishlari uch marta sodir boʻladi: birinchi yugurish soʻngida u politsiya xodimi tomonidan tasodifan oʻldiriladi; ikkinchi voqea oxirida esa Mannini tez yordam mashinasi urib ketadi. Bunda voqea yana boshidan boshlanadi. Lolaning uchinchi yugurishida ishlar oʻngidan kelib, Manni pullarni topadi va toʻda boshligʻi jazosidan qutuladi. Buning ustiga Lola qimorxonadan 127 ming marka yutib olgan boʻladi. Bu pullar Manni va Lolaga qoladi.

Filmda voqealar shu uyda boshlanadi. Albrechtstraße, Berlin.