Kontent qismiga oʻtish

Logarifmik lineyka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Logarifmik lineyka, hisoblash lineykasi - sonlarni koʻpaytirish, boʻlish, darajaga koʻtarish, ildizdan chiqarish va boshqa operatsiyalarni shu sonlarning logarifmlari ustida operatsiyalar bajarish bilan almashtiradigan qurol. Oddiy Logarifmik lineyka korpus, surma, vizir chizigʻi boʻlgan yugurdak (shisha yoki pleksiglas)dan iborat. 1623-yilda ingliz matematigi E. Ganter kesmalar sirkul yordamida qoʻshiladigan Logarifmik lineykaning oʻtmishdoshini ixtiro qilgan. 1630-yilda ingliz matematigi U. Otred sirkulni ikkinchi chizgʻich (surma) bilan almashtirdi. 1850-yilda Logarifmik lineykaga yugurdak qoʻyildi. Logarifmik lineyka yordamida sonni 3—4 belgigacha aniqlikda hisoblash mumkin. U muhandislik hisoblarida, oʻquv yurtlarida ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil