Kontent qismiga oʻtish

Livorno

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Livorno — Italiyaning markaziy qismidagi shahar. Livorno provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 148 ming kishidan ziyod (2001). Liguri dengizi sohilidagi port. Yirik savdo markazi. Kemasozlik, neftni qayta ishlash, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari, Dengiz akademiyasi, muzey, dengiz akvariumi bor. Harbiy dengiz bazasi. 16— 18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. L. oʻrta asrlarda qalʼa boʻlgan. 16-asrning 2-yarmida Oʻrta dengiz boʻyidagi eng muhim xalqaro portga aylandi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil