Kontent qismiga oʻtish

List Fridrix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LIST (List) Fridrix (1789.6.1, Reytlingen — 1846.30.11, Kufshteyn) — nemis iqtisodchisi, siyosiy iqtisoddagi nemis tarixiy maktabi vakili. L. klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillarining uslubidagi mavhumlik va liberalizmni tanqid qildi, iqtisodiyot fani tahlilida tarixiy uslubning rolini boʻrttirib koʻrsatdi. L. davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini talab qiladigan "tarbiyaviy homiylik (proteksionizm)" gʻoyasini rivojlantirdi, millatning sanoat tarbiyasi tamoyilini ilgari surdi. Ishlab chikaruvchi kuchlar nazariyasini yaratishga intilib, "aqliy kapital" (ilmiy kashfiyotlar, adabiyot, sanʼatdagi yutuqlar va boshqalar)ni uning asosiy tarkibiy qismi va millat boyligining asosiy manbai deb hisoblagan. Qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, "millat ruhi" (huquq, sud, armiya, politsiya va boshqalar) yaratadi, deb qaragan. L. xoʻjalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlarini tahlil qilib, chin millat badaviylik; choʻponlik; deh-qonchilik; dehqonchiliksanoat; dehqonchilik-sanoat-savdo kabi besh bosqichni bosib oʻtadi va Germaniya kelajagi sanoat bilan chambarchas bogʻliq deb hisoblagan. L. Germaniyaning Yevropada hukmron boʻlishini yoqlaydigan shovinistik gʻoyalarini himoya qilib, urushni "millat marhamati" tarzida talqin etgan. L.ning ayrim gʻoyalaridan na-sistlar oʻz geosiyosatida foydalangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil