Liradumlilar
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Liradumlilar, lira qushlar (Minuridae) — chumchuqsimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 1 urugʻi, 2 ta turi maʼlum. Jan.-Sharqiy Avstraliya oʻrmonlarida yashaydi; 1934-yildan Tasmaniyaga keltirilgan. Uzunligi 75—130 sm (dumi bilan birga). Yerda hayot kechiradi, daraxtlar shoxida tunaydi. Nari yaxshi sayraydi, har xil tovushlar, jumladan, hayvonlar ovoziga taqlid qila oladi. Yerga uya qurib, 1 ta tuxumini 6—7 hafta bosib yotadi. Joʻjalarini faqat modasi boqadi. Oʻrmon toʻshalmasini oyogʻi bilan titkilab, chuvalchanglar, hasharotlar va umurtqasiz hayvonlarii topib oziqlanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |