Lioncha kartoshka
Lioncha kartoshka (fransuzcha: Pommes de terre à la lyonnaise) — sariyogʻ yoki boshqa yogʻda mayda toʻgʻralgan piyoz va petrushka qoʻshib[1] qovurilgan fransuz taomi. U oʻz nomini Fransiyaning Lion shahri nomidan olgan.
„Lioncha kartoshka“ nomi kamida 1806-yildan beri „Le Cuisinier impérial“ pazandalik entsiklopediyasida Andre Viard tomonidan qayd etilgan[2]. Amerikalik yozuvchi, oʻqituvchi va oshpazlik mutaxassisi Fanni Farmer oʻzining „Boston pazandachilik maktabi oshxona kitobi“ (1896) klassik toʻplamiga Lioncha kartoshkaning ikkita retseptini kiritgan. Yillar davomida taomning rangi va taʼmini yaxshilash uchun karamelizatsiya kabi usullardan foydalangan holda yangi oʻzgarishlar qoʻshilgan[3].
Kartoshkani yakuniy pishirishdan oldin xom holida biroz qovurib olish yoki yarim pishganicha qaynatib olish mumkin[4]. „Lioncha kartoshka“ tayyorlanishi tugʻralgan piyoz koʻrinishidagi garnir borligi bilan tavsiflanadi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shustakovska-Xoynatska M. Ovoщi na vashey kuxne. — M.: Izdatelstvo OOO „Mir i obrazovanie“, 2014. — 192 s. — S.52
- ↑ André Viard. Le Cuisinier impérial, ou L'art de faire la cuisine et la pâtisserie pour toutes les fortunes…. Paris: Barba, libraire, 1806.
- ↑ Fannie's Last Supper. Hachette.
- ↑ Moore, Mary. „Plenty Of 'Different' Potatoes“ (19-fevral 1949-yil).
- ↑ Manfred Höffler. Dictionnaire de l'art culinaire français. Étymologie et histoire, 1806. ISBN 2-85744-747-7. .